Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

SHUHRAT G’ANIYEV: MENGA QANDAY ARZINGIZ BOR?

×

 2020-06-29 19:46:39    34

PDF yuklash
Chop etish


So’nggi kunlarda viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev o’ndan ziyod shahar va tumanga borib, fuqarolarni qabul qildi. Arizalar asosan uch toifada. Oilaviy nizo, tadbirkorlik faoliyati muammolari, maishiy masalalar. Ba'zi murojaatlar nafaqat viloyat yoki tuman, hatto mahalla mas'ullari darajasida hal bo’ladigan. Lekin ular viloyat hokimi qabuligacha kelgan. Sababi mas'ullar joylarda aholiga haq-huquqi, burchini tushuntirmaydilar. Ularning birlamchi murojaatlariga bepisand munosabatda bo’ladilar.

“Bo’rbonliq“ MFY hududidagi korxona oldiga bir “tadbirkor” noqonuniy ravishda do’kon qurib olgan. Na kadastr idorasi rahbari, na mahalla raisi unga bir so’z demaydi. Otabek Haydarovning viloyat hokimiga murojaatidan so’ng noqonuniy qurilgan yengil tipdagi do’kon buziladigan bo’ldi. Savol tug’iladi: Xo’sh, tumandagi shu masalaga mas'ul idoralar nega Otabek Haydarovning murojaatiga e'tibor bermay keldilar? Ijro ularning o’zlariga yuklandi-ku!

Umidaxon Mirzohidova “Ho’jaqo’rg’on” MFY hududidagi kollejning bo’sh turgan binosini besh yil muddatga ijara shartnomasi asosida olib, xususiy maktab ochdi. Ikki yil o’tmay kollej ma'muriyati binoni bo’shatishni talab qildi. Xo’sh, unda nega besh yilga shartnoma tuzgan?

 A.F.ning turmush o’rtog’i (eri) o’n yildirki Koreyadan qaytmaydi. Qaynotadan keyin kelin uyiga ketsa, qaynog’alar u o’tirgan uyni buzib tashlabdilar... Boyaqish bola boqaman deb dashtdan 15 sotix yer olgan. Lekin haligacha u joyga suv chikmagan.

Shuhrat G’aniyev bu hikoyani bazo’r tingladi. Tuman hokimiga va viloyat mutasaddilariga zudlik bilan suv chiqarish topshirig’ini berdi. Keyin, A.F. ni kuzatib qo’yishgach, atrofidagi mas'ullarga yuzlandi:

-        Bu ayolda nima ayb? Er o’n yildan buyon kelmasa, bolalariga qaramasa, qaynog’alar o’tirgan uyidan begona qilsa... Nega jamoatchilik qarab turibdi?! Axir u ham yoshligini xazon qilib umrini o’tkazyapti. Kim uning eri bilan gaplashadi? Kim erining aka-ukalarini insofga, diyonatga chaqiradi? Qani mahalla faollari?

Hokimning haqli savollaridan so’ng barchaning boshi xam bo’ldi.

-        Uy-joyi, ro’zg’orining ahvolidan xabar olib turasiz, yeriga suv chiqqan kuni menga alohida ma'lumot berasiz.

Tuman hokimi topshiriqlarni bosh irg’ab yozib olardi.

Oltiariq tumanidagi viloyat hokimi qabuliga 63 nafar fuqaro arzini aytib keldi. Bir necha oilalarga uy-joy, ishsizlarga ish o’rni, fermerlarga pilladan yuqori hosil olgani uchun belgilangan mukofot puli... Xullas, masala  ham, muammo ham ko’p edi.

Sabr, bosiqlik bilan tinglash, tahlil qilish va muhimi  – echim. Har bir murojaat yechimini topdi.

Uch soatdan ziyod “arz” tinglab charchagan bo’lsa-da, viloyat hokimi so’nggi murojaatchini ham ochiq chehra bilan kutib oldi.

-        Menga qanday arzingiz bor?

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube