Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

VILOYAT HOKIMI SHUHRAT G’ANIYEV KIMGA QO’NG’IROQ QILDI?

×

 2020-06-30 19:17:45    153

PDF yuklash
Chop etish


    Uchko’prik tumanida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilar ekan, yangi ish o’rinlari yaratilyapti, uy-joylar qurilmoqda, dehqonchilikda innovatsion usullar qo’llanilmoqda, qishloq va mahallalar obod bo’lmoqda. Lekin muammolar ham oz emas. Viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev sayyor qabuliga kelganlarning har birining masalasi faqat shu yerda hal bo’lar edi.

     Dilshod Daliyev oliy ma'lumotli ekanini aytib, ishsizligini bildirdi. Hokim viloyatda, jumladan Uchko’prikda ham bo’sh ish o’rinlari borligidan xabardorligini ta'kidlab, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i Bahodir Xoliqovga ular bilan murojaatchini tanishtirishini topshirdi.

— Agar joylardagi bo’sh ishchi o’rinlari mahalliy OAVlari va idoraviy ijtimoiy tarmoqlardagi e'lon qilib borilganida edi, talabgorlar sarson bo’lmasdi, — dedi Sh.G’aniyev. — Mutassadilar bundan tegishli xulosa chiqarsin.

    Barnoxon  Mirzajonova 4 farzand bilan eridan so’ng ko’chada qoldi. Ijarada yurib uch qizini uzatdi. Sud erining hovlisidan ularga tegishli qismini ajratib bergan. Ammo erining ota-onasi qiritmayapti, uyga. Majburiy ijro byurosi esa vakolatidagi qonuniy choralarni ko’rmayapti. Hokim Barnoxonga muammo hal ekanligini shaxsan nazoratiga olganini aytdi va MIB rahbariyatiga tanbeh berdi.

     Garchi sayyor qabul Uchko’prik tumani fuqarolari uchun bo’lsada, oltiariqlik Mahbuba Mullajonova bozor hududidagi buzilgan do’koni o’rniga berilgan yerga qurilayotgan bino hujjatlari arxitektor tomonidan paysalga solinayotganidan arz qildi. Masalaga oydinlik kiritish uchun ikkinchi tomonni ham eshitish kerak edi. Lekin qabulda oltiariqlik mutasaddilar qatnashmasdi.

      Hokim qabulni to’xtatib, Oltiariqqa, tuman arxitektoriga qo’ng’iroq qildi.

      — Siz arxitektor Farhod To’raqulovmisiz? Mahbuba Mullajonova ishi yuzasidan nima deya olasiz?

      Bir necha daqiqa davomida oltiariqlik arxitektor hokim savollariga izoh berdi.

     — Tezda Uchko’prikka yetib keling. Opani ortiq ovvora qilmaylik va shu bugunoq masalani hal qiling!

      Mahbuba opaning ko’zi yoshlandi.

      -Rahmat sizga!

       Qabul chog’ida o’ttizdan ziyod fuqarolarning ishga kirish, kredit olish, yer ajratish, oilaviy, qo’ni-qo’shnichilik mojarolari, suv chiqarish, gaz tortish, asfalt yotqizish kabi masalalari ko’rib chiqildi.

Ularning aksariyati shu yerni o’zida viloyat boshqarma, idora rahbarlari ishtirokida hal bo’ldi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube