Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

ODAMLARNING YANGILANAYOTGAN O’ZBEKISTON — YANGI O’ZBEKISTONDAN UMIDLARI KATTA

×

 2020-07-03 18:47:50    116

PDF yuklash
Chop etish


  Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyevning shu kunlardagi sayyor qabullari chog’ida buni yana bir bor his qilish mumkin. Ular endi shaxsiy muammonigina emas, balki jamiyatni sog’lomlashtirish borasidagi taklif va mulohazalarini ham bayon qilmoqdalar.

     Dang’ara tumanidan Ikromjon Meliqo’ziyev tadbirkorlik qilayotgan joyi buzilgani, ammo yillar davomida o’zi va sheriklari o’rindosh yer ololmayotganini aytdi.

Maqsad Umarov Qo’qondagi Hunarmandlar shaharchasida 80 nafar tadbirkor-ustalarni bozor rastasidan chiqarib yuborilayotganini bildirib, aslida bu yer aynan ular uchun qurilgan bo’lsa-da, kimdir “egalik” qilishidan arz qildi.

— Hunarmandlar bozorini qayta tiklashda yordam bersangiz, — dedi u hokimga.

“Ayubxon tekstil” xususiy korxonasi mahalladagi noqonuniy nomozxona o’rniga 40 nafar yoshga ish o’rni yaratilgani, ammo ayrim odamlar uning faoliyatiga to’sqinlik qilayotganini aytib, bu kabi masalalarga qat'iy munosabat bildirish zarurligini taklif qildi.

Shuhrat G’aniyev har bir murojaat va taklifni qonun asosida hal etish choralarini ko’rdi.

***

Furqat tumanida o’tkazilgan hokimning sayyor qabulida ichimlik suvi, ko’chalarni obodonlashtirish tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun kredit, ishga kirish kabi masalalarda qirqqa yaqin fuqaro murojfat qildi. Chet elga ishga yuboraman deb, aholidan pul yig’ib olgan firibgarlarga qonuniy jazo ko’rish, qishloqlarda avtomobil qatnovini yo’lga qo’yish, tuman kadastr idorasidagi ovoragarchiliklar... barcha masalalar joyida tahlil qilinib, hal etildi.

Muhabbatxon Rahimova shar'iy nikoh bilan turmushga chiqqach, ikki farzandi bilan eridan ajrashgani, yashashga uyi yo’qligidan shikoyat qildi. Masalaning muammosi yechilishi mumkindir, ammo mohiyati munozarali edi. Shu o’rinda viloyat hokimi umuman shar'iy nikoh qonuniymi, degan savol kiritdi.

— Nega hayotning past-balandini ko’rgan oqsoqollar, faxriylar, ulamolar, jamoat tashkilotlari kuzatuvchi bo’lib turishibdi, bu masalada? Matbuotda fikr almashish  maydoni yaratilishi, noqonuniy nikohdan aziyat chekkanlar taqdiri haqidagi tahlillar berilishi kerak emasmidi? — dedi hokim kuyinchaklik bilan. Afsuski, achinarli holga tushgan Muhabbatxon misoli yagona emasdi.

Furqat tumanidagi sayyor qabulda uch nafar uyda o’tirgan kam ta'minlangan ayollarga tikuv mashinalari sovg’a qilindi. Bir nafar nogironga aravacha berildi.         

***

Beshariqda viloyat hokimi sayyor qabul o’tkazishi avvaldan e'lon qilingan edi. Shunga qaramay yigirma-o’ttiz chog’li arizachi keldi xolos. Sababi mahalliy hokimiyat va soha rahbarlari ular bilan avvalidan uchrashgan, aksariyatining muammosi hal qilingan ekan.

Yirik masalalar yechimi viloyat hokimini kutar edi. Tovul qishlog’ida maktab yo’q. 250 nafar bolani avtobusda tashib boshqa qishloqdagi maktabga olib boradilar... Qishloq faoli Erali ota Rustamovning gapi og’zida qoldi.

— Bu bizning masala, — dedi Shuhrat G’aniyev va tuman hokimi, viloyat xalq ta'limi, moliya, qurilish, boshqarmalari boshliqlari bilan bir muddatli yer-kadastr maslahatlashuvidan so’ng arizachiga yuzlandi.—Ertaga ertalabdan 320 o’rinli maktab binosi qurila boshlanadi.

Hokim qabulidagi arizachiyu, unga Farg’onadan hamroh bo’lib kelganlar qarsak chalib yubordilar.

Erali ota duoga qo’l ochdi:

— Yurtimiz tinch, sizdek insonni bizga rahbar etib tayinlagan Yurtboshimiz omon bo’lsinlar, omin!

Uyi yonib ketgan oilaga moddiy yordam, farzandlarini ishga joylash uchun kelgan onaxon talabiga ijobat, yetim bolalarga uy-joy. Qolgan talab, istak, arzlar hal qilindi.

Shahnoza Kabirova 2 farzandi bilan yolg’iz ona sifatida tirikchilik qiladi. Ota-ona vafot etgan. Sobiq erdan yordam yo’q...

— Kichik bir do’kon qurish uchun yer kerak edi... 

Hokim tuman rahbariga auktsion orqali Shahnozaxonga yer taklif qilishni topshirdi, va:

— Agar auktsionda yutib olsangiz, 1 sotix er haqini biz to’lab beramiz. Ammo halol-pok ishlab, bolalaringizni ilmli qilib tarbiyalaysiz, — dedi.

 Yosh juvonning ko’zlari jiqqa yoshga to’ldi.                     

— umrbod unutmayman bu yaxshiligingizni....

 Keyin hokim hamrohlariga, tuman rahbarlariga bir-bir qarab qo’ydi. Bir so’z aytmasada, hammasi tushunarli edi. Avvalo, inson omili. U bugun baxtli yashashi kerak. Davlat va jamiyat esa har bir inson taqdiriga alohida-alohida yondashuv me'yorlarini joriy etishi lozim. Hokim shunday demoqchi bo’ldi, chog’im.

                                                                                    

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube