Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SHUHRAT G’ANIYEV: KICHIK KO’NGILGA KATTA QUVONCH XADYA ETILDI

×

 2020-07-30 16:35:38    2

PDF yuklash
Chop etish


Insonning tabiati qiziq. Bir og’iz noo’rin so’zdan dili ozor chekadi va aksincha, samimiy, yurakdan bildirilgan tilak, xatto arzimas amaldan ko’ngliga bir olam quvonch sig’diradi. Qalbi quvonsa chehrasi ochiladi, yuzi kuladi, lablari xandon otadi, umri uzayadi... Har ikkisiga ham bir og’iz so’z yoki bir hayrli amal kifoya.

Islom olamining Iydi Qurbon bayrami arafa kunida butun O’zbekiston bir lahzaga dardu-anduhni unutgandek bo’ldi. Chehralar yorishdi, ko’zlar chaqnadi, yuraklar eridi...

Bugun birgina Farg’ona viloyatidagi 20 ming xonadonga fayz, baraka, ezgu orzular kirdi. O’zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Hukumat farmoyishiga asosan saxovat va ko’mak fondi orqali ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga moddiy yordam tarqatildi. Viloyat, shahar-tuman hokimlari, sektor rahbarlari hali tong otmasdan uyma-uy har bir xonadonga 1 million so’mdan pul va oziq-ovqatlar jamlanmasini tarqatmoqdalar.

Viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev ham Markaziy Farg’ona cho’llaridagi Yozyovon qishloqlarini kezdi. Qaysi uy ostonasini bosib kirmasin, keling, keling o’zimning Shuhratjon o’g’lim, deya otaxonu-onaxonlar olqishladilar. Viloyat hokimi ta'zim bilan salomlashar ekan, bazida ko’zlari qizarib, kipriklari namlandi. 

- Davlatimiz rahbari va hukumatimiz Sizlardan xabar olishni topshirdilar, mana shu mablag’ va oziq-ovqatlarni yuborishdi, - derdi har gal hokim.

Biri kam ta'minlangan oila, birining nogironligi bor, yana boshqasi ishsiz.

- Uyimizga Prezidentimiz o’z vakillarini yuborganlaridan g’ururlanib ketdim, - deydi Qo’shtepa tumani, Namuna MFY, Mustaqillik ko’chasi 22 uyda yashovchi Salim Jo’rayev. – O’zbekiston fuqarosi bo’lganim, shu yurt, davlat e'tiborida ekanimdan g’ururlandim.

Salimjonning oilasi “Temir daftar” ga kiritilgan. To’rt nafar voyaga yetmagan farzandlari bor. Bittasi esa nogiron. O’zi vaqtincha ishsiz.

Viloyat hokimi oila a'zolari bilan suhbatlashdi, nogiron farzandga alohida sovg’a berildi, tomorqa, ko’cha oldida uzum so’rilari qilib sara hosil yetishtirganlari uchun maqtadi, zo’r xaridor yuboraman uzumlarga, deya ularni quvontirdi.

Xonadonda osoyishta hayotning qadrli kunlari kelgandek yaxshilik nuri porladi.

Farg’onalik ijodkor Omonjon ota Xoshimovni kattayu-kichik taniydi. Ular nafaqat shoir, publitsist, balki halol va adolatli inson, oila rahbari sifatida el ichida izzat topgan.

Shuhrat G’aniyevdan tuhfalarni qabul qilib olar ekan, Omonjon ota O’zbekiston davlatchiligi va prezidentlik instituti haqida fikr mulohazalarini bildirdi.

- Shavkat Mirziyoyev har qanday murakkab sharoitda va har qanday xalqaro tamoyillar me'yorlari bo’lmasin, avvalo xalqni rozi qilish, uni qo’llab-quvvatlash eng ustuvor vazifa deb biladi. Bunday Prezident faqat O’zbekistonda bor!

Farg’ona viloyatida 3415 ta ko’p qavatli uylar bo’lib, ularda 600 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hilola Daudboyeva ularning biri. To’rtinchi qavatdagi uyi ostonasida viloyat hokimini ko’rgan onaxon bir so’z topolmay qoldi.

- Vы nash xakim, Ganiyev – da?

Savoliga tasdiq olgach ichkariga taklif qildi. Hokim keltirgan qopda un, yog’, go’sht, guruch, oziq-ovqatdan shirinliklargacha onaxon oshxonasini to’latdi.

- A eto vam ot glavы nashego gosudarstva, - dedi hokim pul solingan konvertni tutar ekan. 

Onaxon endi o’zini tutolmay qoldi ko’z yoshi, quvonch yoshi yuzini yuvar edi.....

Ha, chet qishloqlardagi pastqam devorlar, mahallaning ko’rimsiz uylari, ko’p qavatli imoratlarning nursiz yo’laklari ortida sizu bizning vatandoshlarimiz, kamtarin, kamchiqim, qalbi pok, ammo e'tiboru-mehrga zor vatandoshlarimiz yashayaptilar. Biz har doim ulardan xabar ololyapmizmi?

Bugun bir emas, o’n emas, yuz emas, birgina Farg’ona viloyatidagi 20 mingta ana shunday xonadonlarga birdaniga hokimlar, rahbarlar, kattayu kichik amaldorlar hukumat farmoyishini ijro qilgani kirib bordilar. 

Farg’onada oilalarga tarqatilayotgan mablag’ miqdori ko’proq, oziq-ovqat, to’plamining yuki og’irroq. 

Bunisi esa farg’onacha ehtiromdandir.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati