Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyat hokimi
G'aniyev Shuhrat Madaminovich

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

SHUHRAT G’ANIYEV:  AHOLI SALOMATLIGI HAR NARSADAN MUHIM

×

 2020-08-07 13:26:34    193

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizga COVID-19 infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo’llaniladigan 500 dona kislorod kontsentratori hamda 5 mingta puls oksimetrlari olib kelindi.

Koronavirus pandemiyasi inson uchun eng muhim narsa salomatlik ekanini ko’rsatib qo’ydi. Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida bo’lganidek, viloyada virusning tarqalishini oldini olish, uni jilovlashga alohida e'tibor qaratilyapti. Mazkur kasallikka chalingan bemorlar belgilangan standartlar asosida davolanmoqda. Shuningdek, ayni kunlarda pandemiyaning navbatdagi ehtimoliy to’lqiniga tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. Hozirga qadar 12 mingdan ortiq zaxira o’rinlari hozirlab qo’yildi.

Tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlanyapti. Uch oylik dori-darmon zaxirasi uchun 10 milliard so’m mablag’ ajratildi. Viloyat hokimligi tomonidan qariyb uch milliard so’m mablag’ evaziga Xitoydan kislorod kontsentratorlari va puls oksimetrlari olib kelinganligi ham ana shu ishlarning uzviy davomidir.  Mazkur tibbiy jihozlar  zaxira joy uchun tayyorlab qo’yilgan maskanlarga topshirildi. 

Viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev Farg’ona shahridagi “Samo” sport majmuasidagi taqsimlash markazida bu jihozlarning o’rnatish jarayoni bilan tanishdi.

- Prezidentimiz aholimizni, xususan, nuroniylarimiz, yoshlarimizni koronavirus pandemiyasidan asrashga, ularning salomatligini mustahkamlashga katta e'tibor qaratmoqda, - dedi viloyat rahbari. – Buning uchun barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda. Viloyatimizda tayyorlangan zaxira o’rinlariga bu kislorod kontsentratorlari va puls oksimetrlarining birinchi qismi yetkazilmoqda. Shuningdek, bu kabi zarur jihozlar bilan barcha tibbiyot maskanlarimizni ta'minlash tadbirlarini ko’rganmiz. Bundan tashqari, yaqin kunlarda “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida xuddi shunday tibbiy jihozlarni ishlab chiqaradigan yirik korxona ishga tushiriladi. Viloyatimizdagi barcha shifokorlar va tibbiyot xodimlari bepul puls oksimetrlari va boshqa kerak tibbiy jihozlar bilan ta'minlanadi.

Bugungi kunda ichki bozorda tibbiy buyumlar va texnikalarga bo’lgan talab keskin oshdi. Viloyatga olib kelingan mazkur jihozlar nisbatan ancha arzon. Bir dona kislorod kontsentrator narxi barcha harajatlari bilan 4 milion 200 so’m, bir dona puls oksimetri esa 150 ming so’mga tushdi.

- Xitoydagi ishlab chiqaruvchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzilib, tibbiy jihozlarning sifati va narxiga alohida e'tibor berildi, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyorjon G’aniyev. - Pandemiyaning ehtimoliy ikkinchi to’lqiniga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlari doirasida ana shunday tibbiy jihozlar bilan ta'minlash juda muhim. Chunki hozirda pnevmoniya bilan kasallanish holatlari ham ko’paymoqda. Bunday vaziyatda har bir tibbiyot xodimida qon tarkibidagi kislorod va yurak-qon bosimini o’lchovchi puls oksimetri bo’lishi kerak. Viloyatimizda buning uchun barcha tadbirlar ko’rilyapti.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook
TelegramVeb saytYouTube