Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyat hokimi
G'aniyev Shuhrat Madaminovich

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

QUVASOY ADIRLARIDA BOG’LAR YARATILADI

×

 2020-09-07 19:06:33    104

PDF yuklash
Chop etish


Quva va Quvasoyni qaqrab yotgan qir-adirlar ajratib turadi. Ilgarilari bu yerda dehqonchilik qilamiz, deb urinib ko’rganlar. Ammo suv ta'minotidagi muammolar tufayli orzular amalga oshmagan.

Bugun, 7 sentyabr kuni Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev ana shu quyosh tig’idan kuygan adirlarga borib u yerda boshlangan ishlar bilan tanishdi.

- Salkam 2000 gektar maydonda mevali daraxtlar, kam suv, masalan mosh, loviya kabi ekinlar ekamiz, - deydi viloyat hokimi. – Dastlab bu yerga suv chiqaramiz, so’ng 5-10 sotixdan yoshlar, yosh oilalarga bo’lib beramiz.

Hozir viloyat elektr tarmoqlari idorasi mutaxassislari betondan ustunlar o’rnatishyapti. Ekskovatorlar esa bo’lajak ariq o’rinlarini loyihada belgilangan joylarda qazimoqda.

- Men asli traktorchiman. Fermer xo’jaligida ishlayman. Bu yerlar o’zlashtirilayotganini, viloyat hokimi o’zi ish boshida ekani va men kabi yosh oilalarga tomorqa-er berilishini eshitib keldim, - deydi Otajon Rahmonberdiyev. – O’zim ko’chatchilik bilan ham shug’ullanaman. Hali ko’rasiz bu yerlarning tuprog’i serhosil, faqat suv kerak, tez orada go’zal bog’lar yaratamiz.

Quvasoy adirlaridan taralayotgan qudratli texnikalar shovqini uzoq-uzoqlarga yetib bordi. Endi Toshloq, Quva va Quvasoylik yoshlardan birinchi bosqichda 2000, keyin yana 3 ming nafari o’zining qishloq xo’jaligi, bog’dorchilikka asoslangan biznesini boshlaydi.

- Quvasoyda rahbar bo’lib ishlagan Mamatqul Rahmatov, Shuhrat Ahmedov kabi yetakchilar ham bu joylarni o’zlashtirmoqchi bo’lganlar, lekin texnika, mablag’ va rag’bat bo’lmagan, - deydi Quvasoy shahri hokimi Ravshan Rahimjonov. – Bugun esa bularning barchasi bor va eng muhimi, qalbimiz ezgu niyatga yo’g’rilgan.

 

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube