Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyat hokimi
G'aniyev Shuhrat Madaminovich

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FARG’ONA VILOYATI HOKIMINING QARORI

×

 2020-09-10 17:20:50    119

PDF yuklash
Chop etish


09 sentyabr, 2020 yil                                          № 239-sonli qarori

  Barcha darajadagi ta'lim muassasalarini bitiruvchi yoshlarni bandligini ta'minlash va kasb-hunarga o’rgatishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar masalasiga - davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilayotganligi, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash bo’yicha alohida tizim yaratilganligi o’zining ijobiy samarasini bermoqda.

Bu borada, yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi” hamda “Manzilli reja”ga muvofiq o’tgan vaqt mobaynida 18 ta yo’nalishda 40 mingdan ortiq yoshlarni bandligi ta'minlandi.

O’z biznesini boshlash istagidagi yoshlarga ko’maklashish maqsadida Farg’ona tajribasi asosida “Loyihalar fabrikasi” o’z faoliyatini boshladi. Iqtidorli yoshlar tomonidan qisqa vaqt davomida 50 dan ortiq loyihaviy takliflar ishlab chiqilib, yosh tadbirkorlarga taqdim etildi.

Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti bazasida yoshlar uchun “Biznes akselerator” faoliyati yo’lga qo’yildi.

Bundan tashqari, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni  hunarmandchilikka o’rgatish maqsadida Marg’ilon tajribasi asosida viloyatning 13 ta tuman (shahar)larida “Hunarmandlar markazi” tashkil etish ishlari boshlandi.

Yoshlar bandligini ta'minlash va kasb-hunarga o’rgatish samaradorligini oshirish, yoshlar bilan ishlash bo’yicha yangi ish tizimi va uslubini joriy etish maqsadida shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 6, 25-moddalariga muvofiq

QAROR  QILAMAN:

1. Barcha darajadagi ta'lim muassasalarini bitiruvchi yoshlarni bandligini ta'minlash va kasb-hunarga o’rgatish ishlarini tashkil etish bo’yicha viloyat Ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga, shahar va tuman hokimliklarining namunaviy ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga;

bitiruvchilarni va ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlash hamda ularni kasb-hunarga o’rgatish bo’yicha prognoz ko’rsatkichlari 3-ilovaga;

bitiruvchilar va ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar tizimi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Viloyat hokimining o’rinbosarlari F.Qosimov, S.Aminjonov tegishli mas'ullar, shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda uch kun muddatda:

yoshlar bandligini ta'minlash va kasb-hunarga o’rgatish bo’yicha “yoshlar daftari”ni shakllantirsin;

qarorning 3-ilovasiga asosan barcha darajadagi bitiruvchilarni hamda vaqtincha ishsiz yoshlarni manzilli ro’yxatini viloyat hokimligi komplekslari bo’yicha taqsimotini ishlab chiqsin va yetkazilishini ta'minlasin.

3. Viloyat hokimining o’rinbosari F.Qosimov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasi, Xalq ta'limi boshqarmasi, Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi va oliy ta'lim muassasalari rahbarlari bilan birgalikda bir hafta muddatda barcha bitiruvchilarning doimiy yangilanib boriladigan “Bitiruvchi” yagona elektron dasturini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.

4. Viloyat hokimining o’rinbosarlari M.Ubaydullayev, D.Xodjiaxmedov, X.Umarov, F.Qosimov, S.Aminjonov hamda ularning komplekslari tarkibiga kiruvchi boshqarmalar, tashkilotlar va tuman (shahar) hokimliklariga qarorning 3-bandiga asosan ishlab chiqiladigan taqsimot asosida ta'limning keyingi bosqichiga qamrab olinmagan bitiruvchilar va ishsiz yoshlarni uch oy muddatda bandligini ta'minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.  

5. Viloyat Ishchi guruhi (Ubaydullayev, Qosimov)ga shahar va tuman ishchi guruhlari faoliyatini tashkil etish, ular faoliyati samaradorligini nazorat qilish, viloyat Ishchi guruhiga taqdim etilgan ma'lumotlarni muvofiqlashtirish, amalga oshirilgan ishlarni haqqoniyligini o’rganib borish, har haftaning juma kuniga viloyat hokimiga batafsil axborot kiritish topshirilsin.

6. Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari M.Ubaydullayev, Markaziy bank bosh boshqarmasi, Bandlik bosh boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, tuman (shahar) 4 ta sektor rahbarlari bilan birgalikda:

“Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo’yicha imtiyozli kredit mablag’larini o’z muddatlarida ajratilishini ta'minlash va monitoringini olib borish;

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi mablag’lari hisobidan joriy yil

1 noyabrga qadar 362 ta loyihalarni moliyalashtirish;

tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo’lgan yoshlar uchun kredit ajratish jarayonlarini soddalashtirish, bino va inshootlarni adolat mezonlari asosida ajratish, texnika va texnologiyalarni erkin topa olish imkoniyatlarini yaratish;

besh kun muddatda yoshlarni kasb-hunarga o’rgatish, ularda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida Xalq banki tomonidan chorvachilik, Ipoteka bank tomonidan baliqchilik, Mikrokreditbank tomonidan quyonchilik, Aloqabank tomonidan asalarichilik, Turon bank tomonidan issiqxona va limonchilik bo’yicha “Tajriba maktabi” o’quv markazlarini tashkil etish;

besh kun muddatda “Startap tashabbuslari” dasturi orqali yoshlarni “onlayn” va “oflayn” seminarlar, mahorat darslari hamda maslahat-treninglarga jalb qilish;

har yili qabul qilinadigan yangi ish o’rinlari dasturi doirasida yoshlar bandligini ta'minlash bo’yicha prognoz parametrlarini alohida qayd etish;

yoshlarning o’zini-o’zi band qilishini rag’batlantirish, ular bilan tadbirkorlik qilishga, innovatsion loyihalarni amalga oshirishiga ruhlantiruvchi uchrashuvlarni tashkil etish;

xorijiy mamlakatlarga mehnat qilish uchun ketish istagida bo’lgan yoshlarga “O’zbekistonning inson kapitali, mamlakatni rivojlantiruvchi kuch!” sifatida qarash, ularga xorijiy tillar, mutaxassislik va kasb sirlarini o’rgatish choralarini ko’rsin.

7. Viloyat hokimining o’rinbosari F.Qosimov, SAminjonov Xalq ta'limi boshqarmasi, Bandlik bosh boshqarmasi, Oliy ta'lim muassasalari rahbarlari va tegishli mas'ullar bilan birgalikda yoshlar bilan ishlash bo’yicha bir oy muddatda quyidagi yangicha tizimni joriy etsin:

oliy va professional ta'limga qamrab olinmagan yoshlarni ish bilan ta'minlash;

yoshlarni kasbga o’rgatish orqali ularni bandligini ta'minlash;

yoshlar o’rtasida frilanserlik faoliyatini keng rivojlantirish,

IT parklar imkoniyatidan samarali foydalanish orqali ularga zamonaviy, yuqori texnologiyalarga asoslangan kasblarni o’rgatish;

maktabning yuqori sinflaridanoq kasbga o’rgatish tizimini joriy etish;

tuman (shahar)larda 5 ta muhim tashabbus bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirilishini ta'minlash.  

8. Viloyat hokimining o’rinbosari D.Xojiaxmedov kompleks tarkibiga kiruvchi boshqarma va tashkilotlar, tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda “Yoshlar qurilish otryadlari”ni tashkil etish orqali viloyatda olib borilayotgan qurilish ishlariga vaqtincha ishsiz yoshlarni keng jalb qilish choralarini ko’rsin.

9. Viloyat hokimi o’rinbosari X.Umarov, Qishloq xo’jaligi boshqarmasi, Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda:

foydalanilmayotgan yerlarni o’zlashtirish va ularni qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish uchun ajratish orqali 11,3 ming nafar yoshlarni bandligini ta'minlasin;

yoshlarni dehqon xo’jaliklari va tomorqa yerlarida band qilish, ularni daromad topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, dehqonchilikni yaxshi tushunadigan yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularga bir gektardan yer maydonlari ajratib berish ishlarini tizimli tashkil etsin.

10. Viloyat hokimining o’rinbosarlari M.Ubaydullayev, F.Qosimov, S.Aminjonov, D.Xodjiaxmedov, X.Umarov tegishli boshqarmalar tashkilotlar bilan birgalikda:

viloyatdagi yirik korxonalar faoliyatini kengaytirish, modernizatsiya qilish orqali yaratilayotgan yangi ish o’rinlariga birinchi navbatda bitiruvchilarni va vaqtincha ishsiz yoshlarni ishga joylashtirish choralarini ko’rsin;

bir hafta muddatda eng ko’p bitiruvchilarni va ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlashda faol ishtirok etgan tadbirkorlik sub'ektlarini har oy yakuni bilan rag’batlantirish mexanizmini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;

har chorakda bir marotaba yoshlarning biznes tashabbuslari, g’oyalari va loyihalarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar tanlovini o’tkazib borsin.

11. Bandlik bosh boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda uch kun muddatda sektorlar kesimida yoshlar, ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlashga qaratilgan maxsus mehnat yarmarkalarini o’tkazish “reja-grafigini” ishlab chiqsin va amalga oshirsin.

12. Barcha tuman (shahar) hokimlariga:

uch kun muddatda yoshlar, ta'lim muassasalari bitiruvchilarini bandligini ta'minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boruvchi tuman (shahar) ishchi guruhlari faoliyatini tashkil etish;

besh kun muddatda yoshlar, ta'lim muassasalari bitiruvchilarini bandligini ta'minlash bo’yicha prognoz ko’rsatkichlaridan kelib chiqib,

“Yo’l xaritalari”ni ishlab chiqish;

qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi ma'lumotlarni, asoslantirilgan hujjatlar bilan birga har hafta yakuni bo’yicha (har juma kuni) viloyat Ishchi guruhiga taqdim etib borilishini ta'minlash topshirilsin.

13. Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlariga o’zlari saylangan hududda yoshlar bandligini ta'minlash faoliyatini doimiy o’rganib borish, yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish jarayonlarida faol ishtirok etish tavsiya etilsin.

14. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o’rinbosarlari M.Ubaydullayev, F.Qosimov va S.Aminjonovlar zimmasiga yuklansin.

Viloyat hokimi                                                                       Sh.G’aniyev