Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyat hokimi
G'aniyev Shuhrat Madaminovich

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FARG’ONADA TOMCHILATIB SUG’ORISH JIHOZLARI ISHLAB CHIQARILMOQDA

×

 2020-09-12 18:11:29    87

PDF yuklash
Chop etish


Tabiiyki, aholi soni ko’paygani sari tabiiy resurslar, ayniqsa, suvga bo’lgan talab yanada oshib bormoqda. Shuni inobatga olgan holda dunyoning ko’plab davlatlari tomonidan qishloq xo’jaligida suv sarfini qisqartirishga qaratilgan yangi loyihalar joriy etilyapti. Ulardan eng ommalashgani esa ekinlarni tomchilatib sug’orish tizimidir.

Farg’ona shahridagi Shuhratjon Nosirov nomidagi klaster qoshida tashkil etilgan “Fergana agrodrip” MChJ tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Korxonaning loyiha qiymati 5 mlrd.so’mni, yillik quvvati 850 tonna shlang, 150 tonna truba ishlab chiqarishni tashkil etadi. 15 nafar mutaxassisga ish o’rni yaratilgan.

Bugun, 12 sentyabr kuni Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev ushbu korxonada bo’lib, yangi texnologiya liniyalari bilan yaqindan tanishdi. Uning imkoniyatlari, istiqbollari, ulardan samarali foydalanish yo’llari haqida mutaxassislar, fermerlar bilan fikr almashdi.

- Tomchilatib sug’orish jihozlarini ishlab chiqarish korxonasining ish boshlashi shubhasiz, mazkur yo’nalishdagi amaliy qadamlardan biri bo’ldi, - dedi viloyat hokimi. – 2019 yilda 5,5 ming, 2021 yilda esa 30 ming gektar paxta, bog’ shu texnologiya asosida sug’oriladi.

Albatta aniq maqsadlar, vazifalar bor. Ularga erishish uchun esa tushuntirish, targ’ibot ishlarini keng ko’lamda amalga oshirish kerak. Shu bois korxonada viloyatdagi shahar-tumanlardan kelgan mas'ul idoralar vakillari hamda fermerlar ishtirokida taqdimot bo’lib o’tdi. Unda suv tejovchi texnologiyalarning afzalliklari,  shu usulda faoliyat ko’rsatayotgan fermerlar tajribasi haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati