Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyat hokimi
G'aniyev Shuhrat Madaminovich

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

QARDOSHLIK QADRI, DO’STLIK SHARAFI

×

 2020-09-15 18:29:13    92

PDF yuklash
Chop etish


O’zbek-qirg’iz xalqining mushtarak hayot yo’li asrlar osha bardavomlik kasb etayotganining sabablari ko’p. Qon-qarindoshlik, o’zaro do’st-birodarlik, savdo va madaniy hamkorlik ikki xalq taqdirini tutashtirgan uzilmas rishtalardir. Bugun viloyatimizga Qirg’iziston Respublikasining Batken viloyatidan kelgan bir guruh nuroniylar tashrif avvalidayoq shu ezgu haqiqatni e'tirof etishdi.

Avvalo, ikki mamlakat Prezidentlarining do’stlik va birdamlikni mustahkamlash borasidagi sa'y-harakatlari, qolaversa, ikki chegaradosh viloyatlar rahbarlarining mushtarak tashabbuslari bilan qardoshlarimizning Farg’ona zaminiga sayohati uyushtirildi. 16 nafar otaxon va onaxonlar yuksak azim Farg’onaning bugungi bo’y-bastini yaqindan ko’rdilar.

Dastlab mehmonlar Marg’ilon shahridagi Hunarmandlar markaziga tashrif buyurishdi. Azaldan asrab-e'zozlanib kelinayotgan, yanada go’zal va betakror sayqallar bilan boyitilib, qadri ulug’lanayotgan milliy matolarning yaralish jarayoni ko’pni ko’rgan nuroniylarni hayratda qoldirdi. Ular ipakning tayyorlanishidan tortib, milliy buyum va liboslar, nodir gilamlarning dunyoga kelishi mehnatsevar, hunarda mohir o’zbek xalqining iqtidoridan, ijodkor yuragidan nishona ekanligini to’lqinlanib gapirishdi.

-Milliy hunarmandchilik Sharq xalqlarining alohida faxri va iftixoridir. Bu borada o’zbek xalqiga, uning qo’li gul ustalariga havas qilgulik, -deydi delegatsiya yetakchisi, Qadamjoy rayoni deputatlar kengashi raisi G’ulomjon Matajiyev. –Farg’onani aynan mana shu manzildan boshlab ziyorat qilayotganimizning boisi ham shu. Aslida, o’zbek xalqi hunari, mehnatsevarligi, qadriyatlarga bo’lgan yuksak hurmati, mehmondo’stligi, oilaviy qadriyatlarning mustahkamligi  bilan dunyo xalqlari uchun ibrat timsoliga aylangani bizning ham g’ururimiz.

Mehmonlar Raqamli texnologiyalar markazida milliy an'analar asosida karnay-surnay, non-tuz bilan qarshi olindi. Nuroniylar respublikada ikkinchi bo’lib ochilgan markazning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Marg’ilon shahridagi “Yodgorlik” korxonasiga sayohat Farg’ona sanoat turizmi rivojini ko’rsatibgina qolmasdan, milliy hunarmandchilik mahsulotlarini xalqaro brend darajasiga yetkazayotgan usta-hunarmandlarning bugungi orzu-maqsadlari mehmonlarda samimiy havas hissini uyg’otdi.

-Bu milliy do’ppilarni qirg’iz qiz-o’g’lonlari ham rohat bilan kiyishgan, -deydi Zuhraxon ona Abdurazzoqova. –Yoshligimizning eng go’zal damlarini atlas kiyib o’tkazganmiz. “Yodgorlik” majmuasidagi milliy libos va do’ppilar o’sha qadrdon yillarimizni yodga soldi va o’zbek xalqiga bo’lgan mehr-muhabbatimizni yanada oshirdi.

Marg’ilonliklar mehmonlarga milliy matolar to’plamlarini hadya qilishdi.

Shahardagi Pur Siddiq majmuasiga tashrif ham qirg’izistonlik nuroniylarning qalbiga ajib harorat olib kirdi.

Mehmonlar “Oltin vodiy” metall mahsulotlari korxonasida ham bo’lishib, Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib katta quvvat bilan ishga tushirilgan, o’z navbatida Farg’onaning iqtisodiy salohiyati ifodasiga aylanayotgan korxona faoliyatini ko’zdan kechirishdi. Korxona rahbari Erkinjon Yunusov 4 ta ishlab chiqarish majmuasi bilan tanishtirar ekan, bu yerda ishlab chiqarilayotgan o’ndan ortiq turdagi metall mahsulotlariga Qirg’iziston ham asosiy xaridor ekanligini ta'kidladi.

Qadamjoyning Oqturpoq qishlog’ilik Abdusalom ota Qo’ldoshev asli Rishton tumanida tug’ilib, voyaga yetgan. Uning ota yurtiga tashrifi unutilmas, baxtli onlarni tuhfa etdi. Farg’ona farzandi o’zining 37 yillik do’sti, rishtonlik Abdumutal Abdurahimov bilan shu bugun qayta ko’rishdi.

Kunning ikkinchi qismida nuroniylar Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-kontsert saroyi, Farg’ona tumanidagi “Ekokerama” korxonasida ham bo’ldilar.

“Birlik” qishlog’ilik Inobatxon ona Mahkamova, Laylixon ona Janiqulova, qizilbuloqlik Tuyg’un ota Qosimov, markazlik Mirzofayoz ota Parpiyev, maydonlik Kamoliddin Botirov singari nuroniylar Farg’onaga tashrif, qadrdon do’stlar, qon-qarindoshlar yurti bilan diydorlashuvdan shod bo’lishdi. Zotan, qardoshlik qadri va do’stlik sharafi har ikki xalq o’tmishi, buguni va kelajagi uchun so’nmas mash'ala bo’lib qolajak.

 

 

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube