Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Bozarov Xayrullo Xayitbaevich

 2020-09-29 10:10:25    2702

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi

Tug’ilgan yili: 16.01.1976              

Tug’ilgan joyi: Namangan viloyati, Chortoq tumani


Millati: o’zbek                                 

Partiyaviyligi: O’z.LiDeP a’zosi      

Ma’lumoti: oliy                               

Tamomlagan: 1997 y. Namangan sanoat-texnologiya instituti (sirtqi)

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi:        iqtisodchi   

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):

2010 y. - «Do’stlik» ordeni

2020 y. - «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan iqtisodchi» faxriy unvoni

Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa

saylanadigan organlarning a’zosimi (to’liq ko’rsatilishi lozim):         

2020 y. - h.v. - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati


MEHNAT FAOLIYATI

1995-2003 yy. - Namangan viloyati Davlat soliq boshqarmasi inspektori, katta inspektori, bosh inspektori, bo’lim boshlig’i o’rinbosari, bo’lim boshlig’i

2003-2003 yy. - Namangan shahar Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari

2003-2005 yy. - Namangan shahar Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i

2005-2006 yy. - Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi

2006-2007 yy. - Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi rahbari

2007-2008 yy. - Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari

2008-2009 yy. - Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani hokimi

2009-2014 yy. - Namangan viloyati Chust tumani hokimi

2014-2015 yy. - Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi

2015-2020 yy. - Namangan viloyati hokimi

2020 y.  -  h.v. - Farg’ona viloyati hokimi


 

 

Vazifalari

     Viloyatda vakillik va ijroiya hokimiyatning boshqaruvchisi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi rasmiy vakili hisoblanadi.  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va “Mahalliy  davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunda ko’rsatilgan vakolatlarini yakkaboshchilik  asosida amalga oshiradi.

 Hududiy boshqaruv organlari, shahar va tumanlar hokimliklari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda ular tomonidan Qonun va boshqa  normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.

 Mahalliy davlat hokimiyati organlari tuzilmalarini shakllantirish va faoliyat yuritishini ta’minlash bo’yicha ishlarni amalga oshiradi. Vakillik va  ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan o’zaro  hamkorligini ta’minlaydi.

 Davlat, xo’jalik, ijtimoiy-iqtisodiy qurilish hamda kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo’yish masalalari bilan shaxsan shug’ullanadi.

 O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va  farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijrosini,  ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi.

 O’ziga berilgan vakolatlar va amaldagi Qonunlar doirasida viloyatdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek,  mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi.

 Viloyat hokimining o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi.

 Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyalarga raislik qiladi, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qiladi.

 Kengash hujjatlariga imzo qo’yadi va tasdiqlaydi. Respublika davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlarda viloyat hokimligi manfaatlarini  ifodalaydi, shuningdek Respublika davlat va ho’jalik boshqaruv organlari bilan o’zaro hamkorlikni ta’minlaydi.