Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


GULISTON MAVZESIDA 500 TONNA MEVA-SABZAVOT SAQLANADIGAN MAXSUS MUZLATKICH-OMBORXONA QURIB BITKAZILDI

×

 2020-10-02 13:17:15    27

PDF yuklash
Chop etish


Foto: O’zbekiston tumani hokimligi Axborot xizmati

O’zbekiston tumanidagi mavjud bog’lar va meva-sabzavot xo’jaliklarida yetishtirilayotgan noz-ne'matlar ichki bozorlarimizga yetkazib berish bilan birgalikda, chet davlatlarga ham eksport qilinadi.

        Mehnatkash bog’bon va dehqonlarimiz yetishtirgan sara mahsulotlarni yurtimiz ichki bozorlariga, ularning ayniqsa eksportga yo’naltirilganlarini yetkazib berish muddati kelguncha saqlash zarurati muzlatgichlarga bo’lgan talabni oshirmoqda.

        Bugungi kunda tumanimiz tadbirkorlari tomonidan ishga tushirilgan ana shunday turli sig’imdagi 10 ga yaqin zamonaviy muzlatgichlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Foto: O’zbekiston tumani hokimligi Axborot xizmati

        “Paxtaqaynar” muqobil mashina traktor parki hududidagi Guliston mavzesida qurib bitkazilgan 500 tonna sig’imga ega maxsus muzlatkich-omborxona ham hududdagi mirishkor bog’bon va dehqonlarning koriga bakor keladi.

        “Fozilbek Xamzali” bog’dorchilik yo’nalishidagi fermer xo’jaligi tomonidan amalga oshirilgan mazkur loyihaning qiymati 4 mlrd. so’mni tashkil etgan.

Foto: O’zbekiston tumani hokimligi Axborot xizmati

        - Mazkur loyihani ishga tushirishimiz orqali 5 nafar yangi ish o’rni yaratgan bo’lsak, mavsum paytida yana 10-12 nafar mavsumiy ishchilarni jalb qilamiz, - deydi fermer xo’jalik ish yurituvchisi Mirjalol Imomaliyev. – Kelgusida oldimizga juda katta vazifalarni qo’yganmiz, yuksak maqsadlarni ko’zlaganmiz. Kelgusi yildan mahsulotlarni o’z fermer xo’jaligimiz orqali eksport qilmoqchimiz. Buning uchun hozirda tashqi bozorni puxta o’rganmoqdamiz.

Foto: O’zbekiston tumani hokimligi Axborot xizmati

        Shuningdek, xo’jalik faoliyatini yanada kengaytirish, qo’shimcha qiymat zanjirini yaratish maqsadida shu yerning o’zida mevani saqlash va tashishga mo’ljallangan plastmassa qutilarni ishlab chiqarish hamda mevani saralash va qayta ishlash kabi yangi loyihalarni amalga oshirish taraddudini ko’rishmoqda islohotchi tadbirkorlar.

        O’zbekiston tumani hokimligi Axborot xizmati

FacebookTelegramVebsayt