
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
XALQ DEPUTATLARI BESHARIQ TUMAN KENGASHINING O’N OLTINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI.

2020-10-02 14:45:00 37
Beshariq tumani hokimligi Axborot xizmati.

Sessiya ishida 4-masala muhokama qilindi.

Sessiyaning 1-masalasida tumandagi 4 ta sektor rahbarlari o’zlaring sektorlaridagi koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og’irlashgan oilalarning bandligini ta'minlash orqali ularga daromad manbai yaratishning “Vaqtinchalik tartibi” joriy etilganligi, “Vaqtinchalik tartibi” ijrosi yuzasidan daromad manbai yaratilgan oilalarni “Saxovat daftari” ro’yxatidan chiqarish to’g’risida hisobot berib o’tdi.




Sessiyaning 2-masalasida tumandagi epidemiologik vaziyat va sharoitdan kelib chiqib, maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yo’lga qo’yish, bu borada ularni sanitar talablarga muvofiq birlamchi vositalar bilan ta'minlash, dezinfektsiya ishlarini tashkil etish, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari to’g’risida tuman maktabgacha ta'lim bo’limi mudiri Barataliyeva Shoiraxon Alimjanovna hisobot berib o’tdi.


Sessiyaning 3-masalasida tumandagi epidemiologik vaziyat va sharoitdan kelib chiqib, tumandagi kasb-hunar maktablarini faoliyatini yo’lga qo’yish, bu borada ularni sanitar talablarga muvofiq birlamchi vositalar bilan ta'minlash, dezinfektsiya ishlarini tashkil etish, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari to’g’risida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Alimatov Otabek Sobirovich hisobot berib o’tdi.

Sessiyaning 4-masalasida “Novkat-Chorvaservis” nomli ma'suliyati cheklangan jamiyatiga chorvachilik ozuqalari yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlaridan belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanmayotganligi to’g’risida tuman Kengashining “Agrar, suv xo’jaligi masalalari va ekologiya bo’yicha” doimiy komissiyasi raisi Kimsanov Lazizjon Ilxomjonovich axborot berib o’tdi.

Xalq deputatlari Beshariq tumani Kengashining o’n oltinchi sessiyasi kun tartibidagi masalalar to’liq ko’rib chiqilib taklif va mulohazalar eshitilib tegishli qarorlar qabul qilindi.

Beshariq tumani hokimligi Axborot xizmati.