Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQNING FIKRI AMALIY ISHLARIMIZGA YORDAM BERISHI MUMKIN

×

 2020-10-02 22:36:24    31

PDF yuklash
Chop etish


    Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarovning viloyat hududlariga tashrifi davom etmoqda. Bugun viloyat hokimi  Toshloq tumanida bo’lib, tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi ishlar ko’lami bilan tanishdi.

   Tashrif avvalida tuman hokimligining majlislar zalida faollar bilan  yuzma-yuz uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda  viloyat hokimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2020-2022 yillarda Farg’ona viloyatining Toshloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori haqida gapirdi, uning ijrosi ustidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Yakdillik va birdamlik bor joyda yuksalish va baraka bo’lishini ta'kidlab o’tdi.

     Qisqa muloqotdan so’ng  viloyati hokimi tumandagi  "Zarkent ziynati", "Nizomjon ota g’ururi", "Durdona Baraka" va "Qo’shaq ota Qambarov" fermer xo’jaliklariga tashrif buyurdi.

Fermer xo’jaliklari a'zolari tomonidan  olib borilayotgan ishlar va paxta yig’im-terimi mavsumida terimchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan qiziqdi. Shuningdek, viloyat rahbari xo’jalik rahbarlari va soha mutaxassislari bilan qishloq xo’jaligi agrotexnikasi,  mineral o’g’itlarning ishlatilishi kabi barcha masalalar bo’yicha o’zaro fikr almashishdi.

    Shu yerning o’zida paxta yig’im-terimida faol ishtirok etayotgan terimchilariga viloyat hokimining esdalik sovg’alari topshirildi.

  Xayrullo Bozorov  tashrif davomida tumandagi "Agro inpex Valley" MChJ shaklidagi qo’shma korxonasi tomonidan zanglamas metaldan truba mahsulotlari va avtomobillar uchun svicha kabellarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan, oxak ishlab chiqaruvchi "Aziya Sinolayn" MChJ shaklidagi qo’shma korxona faoliyati bilan, "Osiyo olmos fayz" MChJ tomonidan lak-bo’yoq va temir mahsulotlarini kesuvchi tosh ishlab chiqarish korxonasidagi ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishdi va ularning ishlariga omad tiladi. 

    Shundan so’ng,  viloyat hokimi Yuqoriqishloq mahalla fuqarolar yig’ini “Qal'acha” hududida "Turonbank" tomonidan moliyalashtirilgan loyihaning amaliyotga tadbiq etilishi bilan qiziqdi.  Mazkur loyiha hududdagi 50 gektar maydonda amalga oshirilmoqda.

Bu yerda tumandagi 50 ta tadbirkorlarning har biriga bir gektardan yer ajratilgan bo’lib, issiqxonalar qurilishi amalga oshirilmoqda. Kelajakda limonchilik koperatsiyasi tashkil etiladi.

      Xalq bilan muloqot va ular tomonidan bildirilgan fikr kelajak mevasi, amaliy ishimizga yordam beradi, dedi viloyat hokimi. Shu bois Xayrullo Bozarov tumandagi 1-sektor hududidagi “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig’inidagi  Chorbog’ ko’chasi, 301-uyda yashovchi Ma'muraxon Ashurova xonadonida bo’ldi va ular bilan dildan suhbatlashdi. M.Ashurovaning salomatligini tiklashi va ish bilan ta'minlanishi uchun  ko’mak berilishini aytdi.

     Shuningdek viloyat rahbari 2-sektor shtabi va “Zarkent” mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, hududda kambag’allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etdi va kerakli ko’rsatmalarni berdi.

Farg’ona viloyati hokimligi

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube