Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAXSHILIKNING MUKOFOTI - FAQAT YAXSHILIKDIR

×

 2020-10-03 16:07:54    30

PDF yuklash
Chop etish


Bugun dunyo bo’ylab tarqalgan koronavirus pandemiyasi insoniyatni sinovdan o’tkazmoqda. Bu voqelik bizni ham chetlab o’tmadi, albatta. Shunday davrda mardlik va jasorat namunasini ko’rsatayotgan mehnatkash va sahovatpesha yurtdoshlarimiz borligidan faxrlansak arziydi.

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbuslari bilan joriy yilning 26 may kuni “Mehr-saxovat” ko’krak nishoni ta'sis etilgandi.

Jamiyatda tinchlik-osoyishtalik, do’stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etayotgan  sog’liqni saqlash sohasining jonkuyar vakillari, saxovatli tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlarining fidoyi xodimlari va bir qator tashabbuskor, faol fuqarolarni “Mehr-saxovat” ko’krak nishoni bilan mukofotlash haqida hukumatimizning Qarori qabul qilindi.

 Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida 481 nafar farg’onaliklarning borligidir.  

Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozarov ishtirokida o’tkazilgan anjumanda viloyatda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda, beg’araz homiylik va ezgu ishlari bilan el - yurt o’rtasida o’rnak bo’layotgan bir guruh yurtdoshlarimizga ko’krak nishoni va guvohnomasi topshirildi.

 Gulchehra Ismoilova, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh hamshirasi: - Men bugun baxtiyorman. Prezidentimizning e'tirofiga, xalqimizning hurmatiga sazovor bo’lish qalbim tubidagi ezgu tilagim edi. Hammasi uchun rahmatimni halol va sadoqatli mehnatim bilan oqlashga vada beraman.

 Baxtiyor Vallomov, “Fayz Binokor Oltiariq” xususiy korxonasi rahbari: - Yurt, el boshiga kamarbasta bo’lish xalqimizning qonida, vijdonida bor. Xalqimizning hayoti farovon bo’lsin, osoyishta kunlar tezroq kelsin. Ko’krak nishoni bilan taqdirlanganlar safida bo’lganimdan juda xursandman.

Anjuman so’ngida viloyat hokimi so’z olib, yuksak extirom bilan ta'sis etilgan mukofotning ilk egalarini yana birbor tabriklab, yaxshilikning mukofoti - faqat yaxshilikdir, mehnatingiz, fidoyiligingiz har doim e'zozlanadigan yurtda ekanligini aytib o’tmoqchiman, dedi.      

Farg’ona viloyati hokimligi

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube