Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“FARG’ONAAZOT” AKTSIYADORLIK JAMIYATI  O’Z SALOHIYATINI USHLAB QOLISHI KERAK

×

 2020-10-03 18:00:14    25

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona viloyat xokimi Xayrullo Bozarov  viloyatning mutasaddi vakillari hamrohligida «Farg’onaazot» AJ ga tashrif buyurdi. Tashrif davomida jamiyatning umumiy salohiyati va faoliyati bilan, shu jumladan Ammiak, Karbamid, Kontsentrlanmagan azot kislotasi va Ammiakli selitra ishlab chiqarish tsexlari bilan yaqindan tanishdi.

-Hozirgi kunda «Farg’onaazot» aktsiyadorlik jamiyatimizda yetti mingdan ortiq ishchi - xizmatchilar mehnat qilishmoqda. Ishlab chiqarish tsexlari bir maromda faoliyat yurityapti, ishlab chiqarish quvvatlari  yuz foiz amaliyotga tadbiq etilgan. 2020 yilning yanvar – sentyabr oylarida 1,163 trln so’mlik mahsulot ishlab chiqarilishiga erishdi. Mineral o’g’itlar 285,088 ming tonna tashkil etadi. Shundan azotli o’g’itlar 282,099 ming tonna, fosforli o’g’itlar 2,989 ming tonnadan iboratdir.  Bundan tashqari Suyuq kompleks mineral o’g’itlar, defoliyantlar va ichimlik sodasi ishlab chiqarish rejasini ham uddaladik, - dedi jamiyat raisi Abdupatto Solijonov viloyat rahbari bilan suhbat jarayonida.

 Viloyat hokimi  «Ammiak-3» tsexida bo’lib korxonaning investitsion jozibadorligi va kelgusida ishlab chiqarishda mahsulot tannarxini tushirish, energosamaradorligini oshirish bo’yicha taklif va mulohazalarini bildirdi. Bundan tashqari korxonaning Karbamid, Ammiakli selitra, Kontsentrlanmagan azot kislotasi tsexlari bilan yaqindan tanishdi. Jamiyatda kelgusida yangi raqobatbardosh mahsulot turlarini o’zlashtirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va eksport salohiyatini oshirish bo’yicha topshiriqlar berdi. 

Shuningdek, jamiyatdagi investitsion loyihalar bilan qiziqdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida umumiy qiymati 237 mln AQSh dollariga teng bo’lgan korxonadagi ammiak, karbamid, ammiakli selitra va kontsentrlanmagan azot kislotasi ishlab chiqarish tsexlarini modernizatsiya qilish va joriy quvvatlarini oshirish loyihasi bo’yicha ham fikrlar almashildi.

Bundan tashqari viloyat hokimi korxonada umumiy qiymati 188 mln. AQSh dollariga tengi bo’lgan loyiha doirasida "Sinteks Rus" (Rossiya) kompaniyasi bilan hamkorlikda xorijiy korxona ochish, aralashma matolar uchun sintetik tolalar ishlab chiqarish, kord va texnik matolar, shtapel tolasi ishlab chiqarish loyihalari bo’yicha ishlarning olib borilishini ko’zdan kechirdi.

Tashrif so’ngida viloyat hokimi Xayrullo Bozarov hozirgi kunda investorlarni jalb qilish hamda loyihalarni amalga oshirish maqsadida sintetik tola (poliesterga) bo’lgan respublika ichki bozoridagi talabni o’rganish  juda zarurligini ta'kidlab, «Farg’onaazot» aktsiyadorlik jamiyati doimo  o’z salohiyatini ushlab qolishi kerakligini aytib o’tdi.

 

Farg’ona viloyati hokimligi

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube