Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SESSIYA KUN TARTIBIDA TUMANNI “QIZIL” HUDUDDAN CHIQARISH MASALASI

×

 2020-10-06 17:33:50    32

PDF yuklash
Chop etish


  Mamlakatda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish, aholi bilan muloqot tizimini yo’lga qo’yish, aholi turmush darajasi va bandligini oshirish, hududlarni jadal va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta'minlashda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi maqsadida Davlatimiz rahbarining 2020 yil 1 maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to’g’risida”gi PQ–4702-son qarori qabul qilinib, unga ko’ra tumanlar va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini har yili reyting baholash tizimi joriy etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2020 yil 24 sentyabr kuni bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko’rsatkichlari natijasiga ko’ra Furqat tumani "qoniqarsiz hudud" deb baholandi.

Bugun, 6 oktyabr kuni bo’lib o’tgan Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining o’n uchinchi sessiyasining kun tartibida “Furqat tumanini 2020-2021 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish orqali “Qizil” hududdan chiqarish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi masala asosiy mavzu bo’ldi.

Tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Dilmurodjon Soliyev raisligida o’tgan sessiyada xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, xalq qabulxonasi mudiri, Bosh vazir qabulxonasi mudiri, tegishli tashkilot va korxona rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar qatnashdilar.

Shuningdek, sessiya ishida Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari Parpiyev Maxmudjon Mamatovich, Farg’ona viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig’i Ubaydullayev Mirzoxidjon Murodilovichlar ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masala – Furqat tumanini 2020-2021 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish orqali “Qizil” hududdan chiqarish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” tuman hokimi D. Soliyev hisobot berdi.

- Joriy yilning 24 sentyabr kuni Prezidentimiz rahbarligida “Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida” o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, yangi ishchi o’rinlarini tashkil etish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish borasida yo’l qo’ygan kamchiliklarimiz uchun biz tuman rahbarlari Yurtboshimiz tomonidan tanqid qilindik, - deb so’zini boshladi tuman rahbari. – Men boshchiligimdagi jamoa tomonidan tizimli ishlar tashkil etmaganligimiz natijasida tumanimiz “qoloq” deb topilgan hamda “qizil” hududga kiritilgan.

Tuman hokimi sessiyada hisobot berar ekan, past ko’rsatkichlar qayd etilgan oltita yo’nalish:

-iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik;

-mehnat bozorining samaradorligi;

-iqtisodiyotning raqobatbardoshligi diversifikatsiyasi ko’rsatkichlari;

-ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlikni rivojlantirish;

-mahalliy soliqlarning yig’uvchanligi;

-jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va ma'lumotlarning ochiqligi ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni birma-bir tahlil qilib berdi.

Ma'ruzachi tumanni “Qizil hudud”dan chiqarish, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash uchun “Yo’l xaritasi” ishlab chiqilganini ta'kidladi. Unga ko’ra:

2020 yil yakuni bilan tumanda 35,0 mln. AQSh dollarilik investitsiyalar o’zlashtirilishi belgilangan bo’lib, shundan to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar 6,7 mln. AQSh dollarini yoki 19,1 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Yil yakuniga qadar belgilangan 45,2 mlrd. so’m prognozni to’liq bajarish bilan birga qo’shimcha manbalarni jalb qilish orqali aniq hisob-kitoblarga asosan 3,8 mrld.so’m mablag’ undirib, tushumlarni 49.0 mlrd.so’mga yetkazish rejalashtirildi.

2020 yil yakuniga qadar tumanning qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 104,6 foizga (794,9 mlrd.so’m), qurilish ishlari hajmi 105,1 foizga (138,0 mlrd.so’m), chakana savdo aylanmasi hajmi 101,7 foizga (230,9 mlrd.so’m) va xizmatlar hajmi 101,4 foizga (111,5 mlrd.so’m) o’sishi kutilmoqda.

Yil yakuni bilan jami 10,5 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan eksport hajmini 90,0 AQSh dollariga yetkazilishiga erishiladi.

Tumanni 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi doirasida qiymati 1 trln. 48 mlrd. so’mlik loyihalar amalga oshirilishi natijasida 5 ming 210 ta yangi ish o’rinlari yaratilishiga erishiladi.

Ushbu loyihalarni shakllantirishda asosan sanoat sohasiga alohida e'tibor qaratgan holda qiymati 552,2 mlrd.so’mlik 30 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. (1000 ta yangi ish o’rni yaratiladi)

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha tumanning viloyatdagi ulushini 0,5% dan 2020 yilda 1,5 % ga ko’tarish uchun quyidagi imkoniyatlardan foydalaniladi:

34 ta chorvachilik fermer xo’jaliklari tomonidan 17,0 ming tonna sut mahsuloti yetishtiriladi. Yangi tashkil etilgan “NATIONAL DAIRY INDUSTRY” MChJ QK tomonidan sutni qayta ishlash loyihasining ishga tushirilishi natijasida yiliga 3,0 ming tonna sut qayta ishlanadi. Loyihani ishga tushirish natijasida 4-chorakda 10 mld.so’m sanoat mahsulotlari hajmi ko’payishi va byudjetga qo’shimcha yil yakuniga qadar 1,0 mlrd.so’m soliq tushumi tushirilishi ta'minlanadi va 30 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Tumanda tashkil etilgan “Feyxan-Klaster” MChJ tomonidan 2020 yilda yetishtirilgan paxta hosilini qayta ishlash natijasida 4-chorakda 40 mld.so’m sanoat mahsulotlari hajmi ko’payishi va byudjetga qo’shimcha yil yakuniga qadar 3,0 mlrd.so’m soliq tushumi tushirilishi ta'minlanadi.

Bundan tashqari, Andijon viloyatida ro’yxatdan o’tgan “Scorton textil” MChJ QKning Furqat tumanida joylashgan kalava ip ishlab chiqarish korxonasini tumanda qayta ro’yxatdan o’tkazish hisobiga 4-chorakda 30 mld.so’m sanoat mahsulotlari hajmi ko’payishi va byudjetga qo’shimcha yil yakuniga qadar 3,0 mlrd.so’m soliq tushumi tushirilishi ta'minlanadi.

Yil yakuniga qadar ishga tushiriladigan yangi 18 ta 28,8 mlrd.so’mlik investitsiya loyihalarni amalga oshirish hisobiga yil yakuniga qadar sanoat mahsulotlari hajmi 3,0 mlrd.so’mga ko’payadi, 230 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi va byudjetga 0,5 mlrd.so’m qo’shimcha daromad tushimi tushirilishi ta'minlanadi.

Yuqorida qayd etib o’tilgan ishlar sektor rahbarlari va tumandagi barcha mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilib, 2020 yilning yakuni bilan tumanni “qizil hudud” toifasidan chiqarilishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etiladi.

Sessiyada tuman hokimi hamda sektor rahbarlari  tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yo’l qo’ygan kamchiliklari uchun muhtaram Prezidentimizdan, tuman xalqidan va deputatlardan  uzr so’radilar. Yil yakunida tumanni har tomonlama rivojlantirish uchun deputatlar, faollar bilan hamkorlikda barcha imkoniyatlarni ishga solishga va'da berdilar.

Xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlari U. Erashev, M. Ro’ziyeva, Z. Alixadjayevalar hisobot yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Sssiyada Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari M. Parpiyev, Farg’ona viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig’i M. Ubaydullayevlar so’zga chiqib, kun tartibidagi masala, undan ko’zlangan maqsad, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar va vazifalar xususida so’z yuritdilar.

Ochiq muloqot tarzida o’tgan sessiyada tuman hokimi, sektor rahbarlari OAV vakillari, jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga  javoblar berildi va ma'lumotlar taqdim etildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tayyorlangan qaror loyihasiga qo’shimchalar kiritilgan holda  bir ovozdan tasdiqlandi.

Tuman hokimligi AXBOROT XIZMATI.