Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING O’N TO’RTINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2020-10-06 17:49:19    4

PDF yuklash
Chop etish


        So’x tumani hokimligi majlislar zalida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining o’n to’rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar. Sessiyaga tuman Kengashi deputati, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir qabulxonasi So’x tumani bo’limi mudiri M. Jumayev raislik qildi.

        Sessiya kun tartibiga qo’yidagi masala - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 24 sentyabr kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari yuzasidan belgilab berilgan muhim vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan topshiriqlar bo’yicha tumandagi sektor rahbarlarning axboroti qo’yildi.

      2020 yil 24 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlari yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan.

 Videoselektor yig’ilishida tuman va shaharlarning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning reyting ko’rsatkichlari natijasiga ko’ra respublika bo’yicha “qoniqarsiz” deb topilgan 33ta va “o’rta” baholangan 119ta tuman-shahar sektor rahbarlarning yul qo’yilgan kamchiliklari yuzasidan aholiga murojaat qilishi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan vazifalar bo’yicha “yul xarita”si ishlab chiqish vazifalari topshirilgan.

Xususan So’x tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning reyting ko’rsatkichlari natijasiga ko’ra respublika bo’yicha “o’rta” deb topilgan.

     Sessiyaga qo’yilgan masala yuzasidan tuman sektor rahbarlarining axboroti tinglandi. Tuman hokimi, birinchi sektor rahbari S. S. Sayidmusayev, tuman ikkinchi sektor kotibi O. Ismatulloyev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i, uchinchi sektor rahbari Q. Rahimberdiyev, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i, to’rtinchi sekor rahbari F. To’raboyev sektorlar hududida ijro etilgan ishlar, hamda yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklar yuzasidan ma'ro’za qilishdi.

        Tuman sektor rahbarlari o’z ma'ro’zalarida 2020 yil 24 sentyabr kuni davlatimiz rahbari boshchiligida bo’lib o’tgan videselektor yig’ilishi natijasiga ko’ra So’x tumani "o’rta" baholanganligini qayd etib, buning sababini har bir yo’nalish kesimida tahlil qilib berishdi. Jumladan, iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik ko’rsatkichlari bo’yicha hududiy sanoat mahsulotlari hajmi, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va diversifikatsiyasi ko’rsatkichlari yo’nalishi bo’yicha 2019 yilda eksportga yo’naltirilgan sanoat mahsulotlari hajmi, ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlikni rivojlantirish sifat ko’rsatkichlari bo’yicha xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlik borasida asosiy kapitalga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va ma'lumotlarning ochiqligi ko’rsatkichlari, tadbirkorlik sub'ektlarini qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar sektorlar rahbarlari tomonidan tahlil qilib berildi. 

     Yuzaga kelgan holatlar yuzasidan barcha sektor rahbarlari chuqur xulosa chiqargan holda har bir yo’nalishlar bo’yicha yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklarni  birma-bir tahlil qilib, tizimli chora-tadbirlarni belgilab olganliklari haqida gapirishdi.

Sessiya davomida qo’yilgan masalalar bo’yicha deputatlarning muzokaralari tinglandi. Masala yuzasidan sessiya ishtirokchilari o’zaro fikr almashdilar va shu bilan Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining o’n to’rtinchi sessiyasi yakunlandi.

        So’x tumani hokimligi Axborot xizmati