Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ASOSIY MAQSAD - TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

×

 2020-10-08 15:46:04    25

PDF yuklash
Chop etish


        Davlatimiz rahbarining 2020 yil 8 avgust kunidagi 4798-sonli qarorida tumanimizning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yo’nalishlari belgilab berilgan. Jumladan, tadbirkorlikni yanada qo’llab-quvvatlash, qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish, sohada foydalanilmayotgan va foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni o’zlashtirish, chorvachilik, shu jumladan parrandachilik va baliqchilik tarmog’ini yanada rivojlantirish, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning ish bilan bandligini ta'minlash bo’yicha tumanda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

     Kecha tumanning birinchi sektori hududida joylashgan Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida ayni shu masalalarga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmo’sayev va tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyevlar mahalla aholisi bilan uchrashib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash, mahallada aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, qishloq-xo’jaligi rivojiga xizmat qiladigan kooperatsiyalarni tashkil etish, mahalla obodonchiligiga e'tibor berish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi davrida karantin tartib-qoidalariga, o’rnatilgan cheklovlarga so’zsiz rioya etish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish lozimligini ta'kidladilar.

     -“Tadbirkor bo’laman, ishchi o’rinlar yarataman degan tadbirkorlarga biz doim yelkadosh va ko’makdosh bo’lamiz. Sohani rivojlantirishga doir barcha imtiyozlarni tadbirkorlarimizga yaratib berishga tayoyrmiz. Biz tadbirkorlarimiz ko’magi va tashabbusi bilan aholi bandligini ta'minlab, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishimiz lozim. Shuningdek, mahalla obodligiga ham e'tiborli bo’lish har birimizning asosiy vazifamizdir”, - dedi tuman hokimi uchrashuv chog’ida.

     Shuningdek, uchrashuvda fuqarolarning muammo va kamchiliklari ham o’rganildi. Hududda qishloq-xo’jlagigi kooperatsiyasi tashkil etish bo’yicha chora-tadbir belgilandi. Qal'achada tuman hokimi tashabbusi va aholining roziligi bilan mahallaning tozalik va obodonchilik yo’nalishida zarbdor o’n kunlik o’tkaziladigan bo’ldi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati