Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MAQSADIMIZ - HAMKORLIK

×

 2020-10-08 16:39:34    2

PDF yuklash
Chop etish


      O’zbekiston bilan Janubiy Koreya Buyuk ipak yo’li davrlaridan boshlab o’zaro madaniy, iqtisodiy jihatdan bordi-keldi  aloqalarini yo’lga qo’ygan mamlakatlar hisoblanadi.

    Farg’ona shahrida faoliyat boshlagan Koreya - O’zbekiston  biznes assotsiatsiyasining vakolatxonasi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy - gumanitar sohalarda hamkorlik  aloqalari yangi bosqichga olib chiqayotgani bilan ahamiyatli.

      – O’zbekiston qadimiy va boy tarixga ega, Buyuk ipak yo’lining markazi bo’lgan o’lka,- deydi Koreya - O’zbekiston biznes assotsiatsiyasi vakolatxonasi rahbari Yun Djong Sok. - Ayniqsa, Farg’ona viloyati o’zining hududiy joylashuvi, yo’l va kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangani bilan ajralib turadi. Bu  Janubiy koreyalik yirik tadbirkor va investorlarning qiziqishlarini oshirmoqda. Ayni kunda ip yigiruv va to’qimachilik sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksporti bo’yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagida bo’lgan yirik kompaniya va tadbirkorlarni Farg’onaga jalb etishda yaqindan ko’mak berish, qo’llab –quvvatlashga alohida e'tibor qaratyapmiz. Muhimi, hamkorlikda ish olib borish istagida bo’lgan tadbirkor va ishbilarmonlar ko’p. Bu bizga kelayotgan murojaatlar, taklif etilayotgan yangi loyihalar misolida ko’rinib turibdi.

     Istiqbolli loyihalar ko’lami keng va rang – barangligi bilan e'tiborlidir. Vakolatxona  sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarida iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,  mahalliy xom ashyolardan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, yangi ish o’rinlari  yaratishga alohida e'tibor qaratgan.

    Qo’shma loyihalarni ro’yobga chiqarishda yirik kompaniya va sarmoyadorlarga  viloyat investitsion salohiyati, yaratib berilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida to’laqonli ma'lumotlar bazasini yaratish va targ’ib etish ishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

       Sirasini aytganda, ikki davlat tadbirkorlarining muloqot maydoni bo’lgan vakolatxona ko’magida hayotga tadbiq etilayotgan loyihalar yurt rivoji, xalq farovonligi yo’lida xizmat qiladi, albatta.

                      Farg’ona viloyati hokimligi

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube