Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SO’X TUMANIDA YANGI SOG’LOMLASHTIRISH MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2020-10-08 17:14:05    38

PDF yuklash
Chop etish


     Respublikamiz hukumati va bevosita davlatimiz rahbarining tibbiyot sohasini rivojlantirishga qaratilgan e'tibori bois, So’x tumanida ham bu sohada keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanning Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida yangi sog’lomlashtirish markazi foydalanishga topshirildi.

        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi So’x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid qabul qilgan 4798-sonli qaroriga asosan tumanda bo’sh turgan binolardan samarali foydalanish, yangi ish o’rinlarni yaratish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir. 

        Jumladan, So’x tumani sobiq ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogika kasb–hunar kollejining foydalanmayotgan yotoqxona binosi bir yarim milliard so’m investitsiya hisobiga aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish loyihasi amalga oshirildi. Bugungi kunda “Sabrina nevromed” xususiy korxonasi tomonidan yangi shaharsozlik normalariga asosan zamonaviy tibbiy xizmat ko’rsatish loyhasi ishga tushirilib, 20 ta yangi ish o’rinlari yaratishga erishildi. Qo’shimcha sifatida korxonaning yon qismida joylashgan “So’x - Reatsentr” xususiy korxonasi rahbari Solijon Mo’sayev tashabbusi bilan yangi sog’lomlashtirish markazi foydalanishga topshirildi.

        - Darhaqiqat, So’x tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga Prezidentimiz tomonidan katta e'tibor qaratilib, itmtiyozlar berilmoqda. Tuman hokimligi tomonidan berilgan bo’sh bino va “Agrobank”dan olingan 220 million so’m kredit evaziga yangi zamonaviy sog’lomlashtirish markazi bunyod etildi. Yangi sog’lomlashtirish markazida gidroterapiya, ya'ni suv bilan davolash, nevrologiya-terapiya, travmotologiya bo’limlari mavjud bo’lib, bu yerda nafaqat So’x tumani aholisi, balki qo’shni Qirg’iziston fuqarolari ham bemalol davolanishadi. Asosiy maqsadimiz hukumatimiz e'tiboridan samarali foydalanib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatishdan iborat, - deydi sog’lomlashtirish markazi rahbari Solijon Mo’sayev.

     Sog’lomlashtirish markazi taqdimot marosimida ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Prezidentimiz tomonidan tibbiyot sohasini rivojlantirishga doir berilayotgan e'tibor haqida gapirib, yangi ochilgan markaz eng avvalo, fuqarolarimiz salomatligini himoyalash va eng asosiysi, ikki qo’shni davlat do’stligini mustahkamlashga xizmat qilishini alohida ta'kidlab o’tdi.

  Yana bir muhim jihat: sog’lomlashtirish markazida kam ta'minlangan, ijtimoiy ko’makka muhtoj oilalar, nogironlarning davolanishlari uchun imtiyozlar mavjud. Jumladan, taqdimot marosimida ikki nafar fuqaro – bolalikdan nogiron bo’lgan Shohjahon Tojiboyev va Doston Homidzodlarga markaz ma'muriyati tomonidan bepul davolanish uchun sertifikat topshirildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati