Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTON ISLOHOTLAR BOSQICHIDA

×

 2020-10-10 14:45:01    29

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi Hayrullo Bozarov viloyatdagi sektor rahbarlari hamrohligida Rishton tumaniga tashrif buyurib, hududda olib borilayotgan islohotlar va aholi turmush tarzi bilan tanishdi.

Viloyat hokimi dastlab tumandagi “Yapon markazi” madaniyat markazi qoshida G’anisher Nazirov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Noriko Pak kkuyu” o’quv to’garagi tinglovchilari bilan uchrashdi. Nigora Shodiyeva, Shoxsanam Sharopova, Muqaddas Abdurahmonova, Odina Abdullayevalar mazkur maktabning bitiruvchilari. Endi ular Yaponiyaga o’qishga borishadi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov yoshlar bilan suhbatlashar ekan, bilim va tafakkurlarini boyitib, kelajakda o’z yurti uchun munosib farzand bo’lishlariga ishonch bildirdi. Aytish joizki, bu maskanda yapon tilini mukammal o’rgangan bir qator yoshlar hozirda Yaponiyaning nufuzli oliygohlarida tahsil olishmoqda. O’quv markazidagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida viloyat hokimi tomonidan lingafon xonasini tashkil etish taklifi bildirilib, kerakli asbob-usunalar sovg’a qilindi.

Rishton tuprog’iga nazar tushgan. Shunga yarasha xalqi ham mehnatkash. Qora tuproq loyidan mo’'jiza, san'at asar yaratib dunyoni lol qoldirgan xalq rishtonliklar bo’ladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Xayitboyevich tadbirkor Ravshan Tojiddinov rahbarlik qilayotgan “R+Koron” korxonasiga qarashli kulolchilik muzeyida bo’lib, hunarmandlarning mehnat faoliyati bilan tanishdi.

- Korxonamizda 70 nafar ishchilar ishlashadi, 300 ga yaqini esa kasanachilik asosida faoliyat yuritishadi. Ular mehnati bilan 500 xildan ortiq mahsulot ishlab chiqarilib, dunyoning Gretsiya, Falastin, Rossiya, Turkiya kabi 11 ta mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

Tumanda kulolchilar juda ko’pchilikni tashkil etadi. Shu kuni “Miskin” MFYda tadbirkor Nosirjon Nazarov tomonidan tashkil etilgan kulolchilik tsexiga ham tashrif buyurildi. Tadbirkorning o’z faoliyatini yanada kengaytirish bo’yicha takliflar bildirildi.

Rishtonda islohotlar jadallik bilan olib borilyapti. Respublikada yagona bo’lgan “Hunarmandlar shaharchasi”sining barpo etilayotganligi fikrimiz isbotidir.  “Hunarmandlar shaharchasi”da 20 ta usta kulollar uchun maxsus ustaxona, do’konlar xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun majmua tarkibida mehmonxona qurish ishlari deyarli yakuniga yetib qoldi. Viloyat hokimi “Hunarmandlar shaharchasi”ni yanada kengaytirish haqida tuman hokimligiga o’z takliflarini bildirdi. “Xo’ja Rushnoiy” yodgorligida olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishib, mazkur qadamjoni milliy qadriyatlar va zamonaviy arxitektura uyg’unligida mukammal loyiha asosida ta'mirlash zarurligini aytdi.

Tashrif davomida viloyat hokimi tumandagi “Dahbed” MFYdagi ko’p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashdi. Aholi tomonidan bildirilgan kanalizatsiya tarmoqlarini yangilash, uy tomlaridan suv o’tayotganligi sababli qayta ta'mirlash ishlarini zudlik bilan amalga oshirish zarurligini aytdi.

Shuningdek, tashrif davomida yana bir tarixiy obida sanalgan va ayni damda qayta rekonstruktsiya qilinayotgan – “Sohibi Hidoya” majmuasidagi qurilish  va obodonlashtirish ishlari ko’zdan kechirildi va zarur tavsiyalar berildi.

Xayrullo Bozarov Rishton tumaniga tashrifi davomida joriy yilda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan ham tanishdi. Jumladan, "Roshidonlik Umida Fayz" fermer xo’jaligiga qarashli quyonchilik agrofirmasi, “Straus Farm” tuyaqushchilik fermasi, “Navbahor” MFYda joylashgan kulolchilik kichik zonasiga tashrif buyurib, tadbirkorlar va u yerdagi ishchilarning sharoiti bilan tanishdi. Rishtondagi kichik sanoat zonani kengaytirish hamda u yerda chinni buyumlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish taklifini bildirdi. Viloyat hokimining bu taklifini hunarmandlar quvonch bilan qo’llab-quvvatladilar.

Kechga yaqin viloyat hokimi “Zohidon” mahalla fuqarolar yig’ini binosida joylashgan 2-sektor shtabi, tuman prokurori Sherzod Mavlonovning ish faoliyati bilan tanishdi hamda shtabda olib borilayotgan kambag’allikni qisqartirish borasida manzilli reja asosida amaliy ishlarni ko’paytirish haqida topshiriqlar berdi.

Bundan tashqari, viloyat hokimi O’zbekiston Qahramoni, Ikkinchi Jahon urushining afsonaviy o’zbek jangchisi Mamadali Topvoldiyev muzeyida bo’lib, zamonaviy uy muzeyi tashkil etish haqida taklif bildirdi.

Shu bilan viloyat hokimining Rishton tumaniga amaliy tashrifi yakuniga yetdi.

Farg’ona viloyati hokimligi
Facebook
, Telegram, Veb sayt, YouTube