Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 117 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIKLAR 250 MING TONNA PAXTA XIRMONI YARATDI

×

 2020-10-14 15:17:01    1

PDF yuklash
Chop etish


Farg’onalik paxtakorlar mamlakatimizda birinchi bo’lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejani bajardi. 

Fermer xo’jaliklari tomonidan mo’l hosil yetishtirilib, 250 ming tonna paxta xirmoni bunyod etildi, uning aksariyat qismi yuqori navlarga sotildi.

Prezidentimizning tashabbusi bilan paxtachilikda klaster tizimi joriy etilgani bugun o’z samarasini bermoqda. Viloyatning 9 ta tumanlarida paxta-to’qimachilik klasterlari tomonidan mo’l hosil yetishtirilgani ham buni yaqqol ko’rsatib turibdi.

Joriy yilda 82 ming gektardan ziyod maydonda g’o’zaning “S-8290”, “Namangan-77”, “Sulton”, “S-6524” navlari ekilib, agrotexnik tadbirlarga muhim e'tibor qaratildi. Paxtani qisqa muddatlarda sifatli qilib terib olish, terimga fermer xo’jaligi a'zolarini va ish bilan band bo’lmagan uyushmagan aholini ixtiyoriy jalb etish bo’yicha barcha zaruriy choralar ko’rildi.

Natijalar esa quvonarli. 15 ish kunida viloyatning Buvayda, Uchko’prik, Rishton tumanlari paxta sotish shartnomaviy rejasini respublikada birinchi bo’lib bajardilar. Shuningdek, Oltiariq, O’zbekiston, Toshloq, Bag’dod, Dang’ara tumanlari ham paxta xirmoniga munosib hissa qo’shishdi. Bugun boshqa tumanlar ham astoydil harakat qilishmoqda.

O’zA