Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KO’HNA VA NAVQIRON MARG’ILON HUNARMANDCHILIGI DUNYONI HAYRATGA SOLADI

×

 2020-10-14 19:41:50    33

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozarovning bu galgi tashrifi ko’hna va hamisha navqiron Marg’ilon shahriga bo’ldi.

Dastlab shahar hokimligi majlislar zalida faollar bilan yuzma-yuz uchrashuv o’tkazgan viloyat rahbari hududda vaqtincha ish bilan ta'minlanmagan, moddiy va ma'naviy ko’makka muhtoj fuqarolarni o’z mutaxassisligi, qiziqishi bo’yicha ish bilan ta'minlab, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash lozimligiga asosiy e'tiborni qaratdi.

Bu borada Marg’ilonda aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash, xususan, shahar hududidagi mavjud 54 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida xonadonma-xonadon yurib temir daftarga kiritilgan hamda ko’rsatilgan yordamlardan so’ng moddiy ahvoli yaxshilanib ushbu ro’yhatdan chiqarilgan oilalarning turmush farovonligini o’rganish yuzasidan viloyat ishchi guruhi ish boshlashini ma'lum qildi.

Shu kunning o’zida viloyat ishchi guruhi a'zolari o’zlariga biriktirilgan hududlarda yashovchi aholi turmush sharoitini birma-bir o’rganishni boshladilar.

Qisqa muloqotdan so’ng Xayrullo Bozarov shahardagi “Tadbirkorlar uyi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shaharda ro’yhatdan o’tgan holda faoliyat olib borayotgan 7 mingdan ziyod tadbirkorlar murojaatini belgilangan me'yorlar asosida tezkorlik bilan ijobiy hal etish, ularga ko’makchi va suyanch bo’lish maqsadida tashkil etilgan ushbu markaz kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishi bilan ahamiyatlidir. Bir so’z bilan aytganda, tadbirkorning muammosi shu yerda yechim topadi. Istiqbolli loyihalar, biznes-rejalar ishlab chiqiladi.

Tashrif davomida viloyat hokimi Raqamli texnologiyalar markazida faoliyat ko’rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz ochiq muloqot olib bordi. Unda viloyat rahbari 30 dan ortiq tadbirkorlarning muammo va takliflarini tinglab, ularga aniq yechim topish va hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlarni berdi. Muloqotdan so’ng Xayrullo Bozarov markaz faoliyatini ko’zdan kechirdi.

- Ushbu markaz viloyat yoshlarini axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, zamonaviy bilim va ko’nikmalar berish hamda shu yo’l bilan ularni daromadini oshirishga xizmat qilishi kishini quvontiradi, dedi viloyat hokimi markaz rahbari B.Jalilov bilan suhbatda.

Raqamli texnologiyalar va iqtisod bo’yicha yagona markazlashgan kompleks tizim yaratish hamda xizmatlar taqdim etishga qaratilgan 2,5 gektar maydonni egallagan ushbu markazning bunyod etilishiga mahalliy byudjetdan 14 milliard so’m mablag’ sarf etildi.

Bu yerda elektron axborot resurs markazi, 60 o’rinli anjumanlar zali, muzokaralar xonasi, videostudiya mavjud bo’lib, yoshlarga axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini o’rgatish, startap loyihalarini qo’llab-quvvatlashning zamonaviy hamda samarali mexanizmlarini yaratish, kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersport asoslarini o’rgatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, markazda yil davomida 2 mingdan ortiq mutaxassislarni tayyorlash imkoniyati mavjud.

Viloyat hokimi tashrif yakunida “Hunarmandlar markazi”da bo’ldi. Buyuk ipak yo’lida joylashgan qadimiy va navqiron Marg’ilon shahri hunarmandchilik maktabining ta'rifi butun dunyoni tutgani rost. Bugungi kunda shaharda 1000 dan ortiq xonadon hunarmandchilik bilan shug’ullanadi.

Xususiy tadbirkor Ibrohimjon Sultonov tashabbusi bilan davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan ushbu markazda hozirgi kunda 600 nafar usta faoliyat ko’rsatib kelmoqda, 200dan ortiq turdagi atlas va adras to’qish, gilamchilik, maishiy xizmat, tikuvchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. 2 mingga yaqin xotin-qiz, yoshlar doimiy ish o’rniga ega bo’ldi. Ikki qavatli markazning quyi qavatida atlas, adras, shoyi, baxmal, beqasam matolar to’qiladi. Birinchi qavatda tayyor mahsulotlar ko’rgazmasi, podium, chevarxona o’rin olgan. Binoning yuqori qavatida gilam tsexi joylashgan. Bu yerda barcha mahsulotlar to’liq qo’l mehnati yordamida 100 foiz toza ipakdan to’qiladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov tashrif chog’ida markazda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar, umuman marg’ilonlik usta-hunarmandlarning noyob san'ati va mehnatini alohida e'tirof etib o’tdi.