Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTONDA “O’ZBEK-TOJIK” DO’STLIK JAMIYATI ISH BOSHLADI

×

 2020-10-16 10:11:19    4

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida “O’zbek-tojik” do’stlik jamiyatining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Mamlakatimizda turli millat va elat vakillari tinch-totuv, inoqlikda yashayotgan bo’lib, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan yaqin qo’shnilik aloqalarining mustahkam yo’l qo’yilgani qardosh xalqlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. O’zbek va tojik xalqlari azaldan bir daryodan suv ichgan, qarindoshlik rishtalari bilan bog’langan.

Birgina Farg’ona viloyatida tojik millatiga mansub qariyb 300 mingga yaqin fuqaro istiqomat qiladi. Tojik milliy madaniy markazi samarali faoliyat yuritayotgan bo’lib, 26 ta maktabda ta'lim tojik tilida olib boriladi. Farg’ona davlat universitetida tojik tili yo’nalishi mavjud hamda 100 nafar talaba tahsil olmoqda. Tojikiston hukumati tomonidan Rishton tumanida yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti bunyod etilmoqda. Ayni kunlarda turli sohalarda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik olib borilmoqda.

Mazkur markazning tashkil etilishi ham do’stlik va qardoshlik aloqalarini yangi bosqichga ko’tarishi bilan ahamiyatlidir.

Ochilish marosimida Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy so’zga chiqib, yangi markaz o’zbek-tojik xalqlarining an'anaviy do’stligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladi. Tadbirda yangragan kuy va qo’shiqlar tadbirga o’zgacha fayz bag’ishladi.

Mehmonlar “O’zbek-tojik” do’stlik jamiyatida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Tojikiston Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi bu yerda tashkil etilgan kutubxonaga tojik tilida nashr etilgan kitoblar va esdalik sovg’alarni topshirdi.

Zamonaviy qad rostlagan markazda ikki millat vakillari orasidan yetishib chiqqan buyuk yozuvchi va shoirlar asarlaridan iborat kitoblar ko’rgazmasi, kutubxona, hunarmandchilik muzeyi, tojik tili o’rganish kursi, o’zbek-tojik musiqa va raqs guruhi faoliyati yo’lga qo’yildi.

Binoning asosiy zal qismida o’zbek-tojik xalqlarining tarixiy do’stligini ifodalovchi buyuk yozuvchilar, shoirlar, fan va madaniyat xodimlarini portretlari hamda ularning ijodlaridan namunalar, tasviriy sanat asarlari hamda xalq amaliy sanati namunalaridan iborat ko’rgazmalar tashkil etildi.

Jamiyatning asosiy maqsadi Farg’ona viloyati va Tojikiston Respublikasi aholisi, jamoat tashkilotlari va korxonalari o’rtasida madaniy, ma'rifiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir.

Farg’ona viloyati hokimligi