Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MO’L HOSIL SIFATLI AGROTEXNIK TADBIRLARGA BOG’LIQ

×

 2020-10-17 07:12:03    34

PDF yuklash
Chop etish


Qishloq xo’jaligi sohasidagi bugungi agrotexnik tadbirlar mo’l hosilga zamin yaratadi. Shu bois ham viloyatimizdagi fermerlar, dehqonlar bu borada yaxshi tajribaga ega bo’lishi lozim.

Rishton tumanida 2021 yil hosili uchun puxta zamin yaratish maqsadida kuzgi shudgorlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirishga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Unda tumanlardagi sektor rahbarlari, fermer xo’jaliklari, klaster rahbarlari, mexanizatorlar, qishloq xo’jaligiga mas'ul idora va tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov seminar avvalida yillik paxta rejasi muvaffaqiyatli bajarilgani bilan barchani muborakbod etdi. Bunda albatta, Prezidentimiz tashabbusi bilan paxta yetishtirishda klaster tizimini joriy etilishi o’zining ijobiy samarasini berayotganligini ta'kidladi. Galdagi vazifa esa 2021 yilgi hosilga mas'uliyat bilan yondashish zarurligi va belgilangan agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish, shuningdek, zamonaviy unumdorligi yuqori bo’lgan texnikalardan foydalanish zarurligiga e'tibor qaratdi.

Seminarda shudgorlash ishlarini sifatli tashkil etishda manfaatdorlik muhim vazifa ekanligi, bitta otryadga 2 ta yuqori unumli haydov traktori, 1 dona lazerli yer tekizlagish, o’g’it sepgich va operatorlarning dam olishlari uchun vagon tashkil etish zarurligi va shu bilan birga yiliga 15 gektar haydov yog’ini bajargan mexanizatorni rag’batlantirib borishga alohida etibor qaratilishi lozimligi ta'kidlab o’tildi.

Bugungi mas'uliyatli kunlarda barcha sharoitlar yaratilishi kerak. Xususan, texnikalar zamonaviy bo’lishi va ayni paytda bir mavsumga yetarli talab etilgan ehtiyot qismlar bilan ta'minlanishi, o’g’it va yoqilg’i ta'minoti uzluksizligi, ishchilar munosib tarzda rag’batlantirilishi kerak. Sababi, bu ishlarni amalga oshirish natijasida kelgusi yil hosilining mo’l bo’lishi ta'minlanadi,- dedi viloyat hokimi.

Farg’ona viloyati hokimligi