Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDA YANGI XUSUSIY TIBBIYOT MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2020-10-17 14:12:19    52

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahri markazida xorijiy investitsiya ishtirokidagi “Hayat world medical” xususiy tibbiyot markazi foydalanishga topshirildi.

Mazkur tibbiyot maskani markazi xizmat ko’rsatish turi bo’yicha vodiyda yagona bo’lib, “Asia Alliance Bank” tomonidan ajratilgan 1,2 million dollarlik kredit mablag’i hamda 800 ming dollarlik Turkiya investitsiyasi asosida barpo etildi. Natijada 50 ta yangi ish o’rni yaratilib, davolash ishlariga turkiyalik hamda qozog’istonlik shifokorlar ham jalb etilgan.

Har bir inson uchun berilgan eng katta ne'mat - bu farzand. Jamiyatda har bir oilaning farzandli bo’lishi ularning baxtiyorligini mustahkamlaydi. Ba'zi oilalarda esa tibbiyot nuqtai nazaridan ayrim muammolar farzand ko’rishga to’sqinlik qiladi. Qolaversa, bu oilalarni ajrashishiga ham sabab bo’lishi mumkin.

Tibbiyot markazida malakali shifokorlar zamonaviy tibbiyotning yangi metodlari asosida yosh oilalarga ushbu muammolarni bartaraf etishga yaqindan yordam beradi. Bu har bir oila mustahkamligi, ahilligi uchun juda katta vosita.

Ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozarov ezgu maqsadlar bilan tashkil etilgan markaz viloyat aholisi uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirishga xizmat qilishini ta'kidladi. Shundan so’ng tibbiy xizmat ko’rsatishda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, markaz xodimlari bilan suhbatlashar ekan, viloyatda oilalar mustahkamligi yo’lida amalga oshiriladigan sa'y-harakatlariga va kelgusi ishlariga omad tiladi.

Farg’ona viloyati hokimligi