Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XAYRULLO BOZAROV: TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI FAROVONLIGINI YUKSALTIRISH-ASOSIY VAZIFA

×

 2020-10-24 01:10:28    121

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov Uchko’prik tumanida bo’lib, tumanni har tomonlama rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tadbirkorlar va aholi vakillari bilan samimiy muloqotda bo’ldi va ularning orzu-maqsadlari, muammolarini eshitdi.

Dastlab tumandagi paxta dalalarida mehnat qilayotgan terimchilar huzuriga borib, ular bilan dildan suhbatlashgan viloyat rahbari uchko’priklik paxtakorlarga fidoyi mehnati uchun minnatdorchilik bildirdi. Mavsumda faollik ko’rsatayotgan bir guruh ilg’orlarga viloyat va tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.

Tumanda kuzgi shudgorlash ishlariga jiddiy tayyorgarlik ko’rilmoqda. Viloyat hokimi “Salang texnika servis” MChJda haydov traktorlari holati bilan tanishar ekan, uchko’priklik fermerlarga tegishli tavsiyalarini berdi.

Tashrif doirasidagi keyingi manzil 540 o’ringa mo’ljallangan matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan 18-umumta'lim maktabi bo’ldi. Viloyat hokimi ta'lim sohasi mutasaddilari bilan o’quvchilarni oliy ta'limga kirishlarini ta'minlash uchun ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish borasida suhbatlashdi.

“Obod qishloq” dasturi doirasida viloyatning eng ko’rkam mahallalaridan biriga aylangan Toshkentliguzar MFY hududidagi tikuvchilik tsexida 18 nafar xotin-qizlar ish bilan band. Bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar mahalliy bozorlarda tobora xaridorgir bo’lib bormoqda. Viloyat hokimi mahalla chevarlari mehnatini olqishladi. 

Tumanning Tojik qishlog’ida joylashgan gidroponika usulidagi issiqxona 3 gektar maydonni egallagan bo’lib, loyiha tashabbuskori Nodir Azizov o’z sarmoyasi va bank krediti ko’magida orzusini ro’yobga chiqarish uchun 17 milliard so’mdan ziyod mablag’ sarflashni maqsad qilgan . Natijada bu yerda 20 ta ish o’rni yaratiladi va u yil oxiriga qadar to’liq ishga tushiriladi. 

Viloyat hokimi “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasidagi plastmassa mahsulotlari, un va un mahsulotlari ishlab chiqaruvchi turli korxonalarda ham bo’ldi. Ishlab chiqarish jarayonlari, istiqbolli loyihalar imkoniyatlarini ko’zdan kechirdi. Xorijlik hamkorlar bilan suhbatlashdi. Mavjud muammolarni o’rganib, ularni hal qilish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga zarur topshiriqlar berdi. Yangi ish boshlayotgan tadbirkorlar faoliyatiga qut-baraka tilab, ezgu duolar qilindi.

Tumandagi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotda viloyat hokimi ularga davlatimiz rahbari tomonidan katta ishonch bildirilayotganligini aytib o’tdi. Chunki tadbirkorlik rivojlansa, yangi ish o’rinlari yaratiladi. Aholi turmush sharoitlari yaxshilanadi.

Shu kuni viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar murojaatlari ham eshitildi. Sayyor qabulda o’rtaga tashlangan masalalarni hal qilish chora-tadbirlari belgilandi.

Farg’ona viloyati hokimligi