Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“MEHRIGIYO”NING SHIFOBAXSH MAHSULOTLARI

×

 2020-10-24 09:37:48    228

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov Uchko’prik tumanidagi shifobaxsh o’simliklar yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan “Mehrigiyo” kichik korxonasida bo’lib, u yerdagi shifobaxsh o’simliklarning xususiyatlari, afzalliklari, parvarish jarayonlari hamda ulardan tayyorlangan tabiiy mahsulotlar bilan tanishdi.

Ayni paytda korxonada dorivor o’simliklarni yetishtirish va ularni qayta ishlash asosida 100 dan ziyod shifobaxsh choy, sharbat va asalli mahsulotlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Papaya, zaytun, rastaropsha, kivi, lavanda kabi turli o’simliklarni mahalliylashtirish va ulardan farmatsevtika maxsulotlari ishlab chiqarish borasida olimlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilyapti.

Ishlab chiqarilayotgan dori-darmonlar xorijga eksport qilinmoqda. Korxona mahsulotlari yurtimiz va xorijda o’tkazilgan ko’plab ko’rgazmalarda namoyish etilgan va yuqori baholangan. Hududda tibbiyot turizmini rivojlantirish maqsadida izchil sa'y-harakatlar amalga oshirilayotgani ham korxonaning ertangi kun istiqbolidan dalolat beradi.

Qishloq xo’jaligida hayotiy va ilmiy tajribalar o’zaro muvofiqlashtirilib, yangi-yangi tashabbuslar ilgari surilyapti. Markaziy Amerikada yetishtiriluvchi ko’p yillik issiqsevar o’simlik batat, ya'ni shirin kartoshkadan endi Uchko’prik tumanida ham mo’l hosil olish bo’yicha ilmiy-amaliy tajribalar olib borilmoqda.

Oziq-ovqat muammosini hal qilishda bunday izlanishlarimiz o’z samarasini beradi, albatta, - deydi korxona ish yurituvchisi A. Abdurazzoqov. Shuningdek, viloyat rahbari va tadbirkor o’rtasida bo’lib o’tgan muloqotda mahalliy hamda xorij bozorlarida qimmat narxda sotiladigan godji o’simligini yetishtirishni ommalashtirish haqida ham maslahatlashildi.

Uchrashuvda viloyat hokimi Xayrullo Bozarov tadbirkorga doimo ko’mak va yordam berib borilishini ta'kidladi.

Farg’ona viloyati hokimligi