Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVASOYDA "BUNYODKORLIK SHAHARCHASI" QURILISHI BOSHLANDI

×

 2020-10-24 14:12:53    196

PDF yuklash
Chop etish


Avval xabar berganimizdek, viloyat hokimi Xayrullo Bozarov joriy yil 13 oktyabr kuni Quvasoy shahrida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish chog’ida shaharni kengaytirish maqsadida “Pakana” mahalla fuqarolar yig’inida bunyod etilishi rejalashtirilgan “Yo’ldosh shaharcha” loyihasining bunyodkorlik ishlari bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar bergan edi. Bir hafta ichida hududda loyiha doirasida qurilish ishlari boshlanishiga kelishgandi.

Qisqa vaqt ichida shaharda “Quvasoy qurilish” klasteri tashkil etildi. Hozirda yetti qavatdan iborat 19 ta uylarning 15 tasi poydevoriga beton quyish ishlari boshlab yuborilgan.

Mingdan ziyod ishchi ustalar mehnat qilayotgan har bir uylarning qurilish, ta'mirlash ishlariga umumiy hisobda 10 mlrd. so’m mablag’ sarflanishi ko’zda tutilgan.  

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov Quvasoy shahrida bo’lib, belgilab berilgan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

Qurilish ishlarining vaqtida va sifatli olib borilishi quruvchining tajribasi va ayni paytda tashkilotning moddiy texnik bazasini mustahkamligiga ham bog’liq. Viloyat hokimi klasterning pudratchi tashkilotlarini faoliyatini o’rgandi.

- Qurilishlar qancha ko’p bo’lsa, aholiga shuncha qulay sharoit yaratiladi va ayni paytda yangi ish o’rinlari paydo bo’ladi, bu esa yoshlar bandligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega, - dedi viloyat hokimi. 

Tashkil etilgan ishlar bilan tanishish jarayonida viloyat rahbari quvasoylik nuroniylar bilan samimiy muloqotda bo’ldi. Shaharchada boshlangan xayrli ishlarga omad va zafarlar tilanib, fotiha qilindi.

Ushbu hududni esa “Bunyodkorlik shaharchasi” deb nomlanishiga kelishib olindi. Mazkur shaharcha bunyodkorlikning haqiqiy namunasi bo’lib, quvasoyliklarning ko’zini quvontiradi.

Farg’ona viloyati hokimligi