Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZAROV MARG’ILON SHAHRIDAGI YIRIK KORXONALAR FAOLIYATI BILAN TANISHDI

×

 2020-10-24 23:03:33    132

PDF yuklash
Chop etish


Dastlab viloyat hokimi Xayrullo Bozarov tadbirkor ayol Nargiza Aminova rahbarligidagi “NARIMTEX” mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan tanishdi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifati va o’ziga xos dizayni bilan bugun xorijlik xaridorlarga ham birdek manzur bo’lmoqda.

Molto Caldo, Carlota, Carlota-S, Elif brendlari ostida korxonada 200 nafarga yaqin ishchilar mehnati bilan 20 turdagi 1500 dan oshiq modeldagi palto, kardigan, kurtka, plash, shim, yubka va boshqalar tayyorlanib, Rossiya, Isroil, Qozog’izton, Qirg’iziston, Tojikiston davlatlariga eksport qilinadi. 

Mahsulotlar matolari asosan Italiya va Turkiya davlatlarida ishlab chiqarilgan. Bichish tsexi – Modellashtirish ishlari to’liq kompyuterlashtirilgan. Tikuv tsexi – Germaniya va Yaponiyada ishlab chiqarilgan tikuv va maxsus mashinalari bilan to’liq jihozlangan.
Tadbirkor Nargiza Aminova tashabbusi bilan tashkil etilgan yana bir yangi – “UZWOOLENTEX” qo’shma korxonasida ham bugun sifat ko’rsatkichlari yuqori darajada. Bu yerda formali kiyimlar uchun jun aralashmasi matolar ishlab chiqarish tarmog’i loyihasi ishga tushirildi. 
Yangi loyiha bir vaqtning o’zida 300 nafar mahalliy yoshlar bandligini ta'minlash imkonini berdi. 

Viloyat rahbari korxona faoliyati, kelgusidagi rejalar, yangi loyihalar bilan yaqindan tanishar ekan, “NARIMTEX” MChJ xalqaro maydonda o’z brendiga ega bo’lishi lozimligi va buning uchun shahar hokimiyati amaliy yordam berishi kerakligi bo’yicha tavsiyalarini bildirdi va korxona raxbari tomonidan bildirilgan muammolarni hal etish bo’yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Shundan so’ng viloyat hokimi “Made in Uzbekistan” yorlig’i ostida qariyb ikki yildan buyon samarali faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Oltin vodiy” MChJning sifatli metall mahsulotlarini ko’zdan kechirdi.

6 million 800 ming dollardan ziyod bank krediti bilan noldan qurib bitkazilib, 2019 yilda o’z faoliyatini boshlagan mazkur korxona qisqa muddatda ishlab chiqarishning tizimli yo’lini tanlab oldi. Bu yerda mavjud 121 ta stanoklarda dastlab qalin simlardan yarim tayyor mahsulot ishlab chiqariladi, so’ng 900 gradusli haroratda toblanadi. Toblangan temir bo’lakchalarining zanglamasligi uchun esa ularga kimyoviy ishlov berilib, maxsus karobkalarda qadoqlanadi.

- Jamiyatimizda ishlab chiqarilayotgan turli xil ranglardagi, yuqori sifatli shurup, samorez, bolt anker, gayka singari 50 xildan ortiq metall mahsulotlarini qurilish-ta'mirlash ishlari bilan mashg’ul bo’layotgan yurtdoshlarimiz arzon va qulay narxlarda sotib olish imkoniga ega bo’lmoqda, -deydi korxona rahbari Erkinjon Yunusov. - Korxonamizda har oyda 380 tonnadan ziyod metall mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yillik quvvatimiz 4200 tonnadan oshiq. Joriy yilda qo’shni Qirg’iziston hamda Ozarbayjon respublikalari bilan mahsulot esporti bo’yicha 1,5 million dollarlik shartnoma imzolagan edik. Shu kungacha 250 mln.dollarlik mahsulotni chetga chiqarishga erishdik. Kelgusida korxonamizni yanada kengaytirish rejamiz ham bor.

Viloyat hokimi korxona rahbari bilan muloqotda kimyoviy laboratoriya tashkil etish, yoshlarni o’qitish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yanada oshirish, eksport ko’rsatkichlarini yuksaltirish borasida o’zining taklif va tavsiyalarini bildirdi hamda korxona raxbari tomonidan bildirilgan muammolarni hal etish bo’yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

  Bugun Marg’ilon shahrida yoshlar bandligini ta'minlash, ayniqsa, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, fuqarolar uchun Marg’ilon shahridagi “Roxat” MFYda 9 ta 12 qavatli, shuningdek, “Yangi hayot” ko’chasi hududida 115 dona 9, 12 hamda 16 qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan.

Shahardagi bir qator qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan o’tkazilgan ochiq muloqotda viloyat rahbari tomonidan ushbu uylarni qurish bo’yicha loyihani mukammal yakuniga yetkazish, lotlarga bo’lish va kelgusi xaftada quruvchilarga tanlov asosida berib, kurilish ishlarini boshlash, shuningdek, uylarni aholiga qulay shart-sharoitlarda, eng muhimi arzon va sifatli qilib bitkazish, qurilish ishlariga vaqtincha ish bilan ta'minlanmagan yoshlarni ko’proq jalb etish yuzasidan tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Farg’ona viloyati hokimligi