Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YANGI DAVR - YANGI YO’L

×

 2020-10-27 12:27:40    92

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda hukumat zimmasida turgan eng muhim masalalardan biri har jabhada bong urilayotgan o’zbek tilining millat oldidagi qadr-qimmatini yuksaltirish, tilning jozibadorligini asrash masalasidir.

Albatta, o’zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bir qancha yillar avval ilgari surilgan. Shunday bo’lsa-da, har sohada yangi bosqichga ko’tarilayotgan hukumat o’zbek tiliga bo’lgan e'tiborni kuchaytirish borasida ham yangi davrni boshlab berdi va tom ma'noda "xalq tili"ga yaqinlashdi. Sekin-astalik bilan ajnabiy tillarda nom olgan joy nomlari o’z o’rnini milliy uslubdagi o’zbekcha atamalarga bo’shatib bermoqda. Ming shukrki, biz til borasida o’z mustaqilligiga erishgan millatmiz. Albatta bu kunlarga yetish oson bo’lmaganini, bu yo’lda ne-ne ma'rifatparvar ziyolilarimiz millat tilini yo’qotmaslik uchun o’zini qurbon qilib bo’lsa-da, kurash olib borganligini hamma yaxshi biladi.

Biroq ne baxtki, O’zbekiston erkni qo’lga kiritishidan avvalroq davlat tiliga ega bo’ldi. 1989 yil 21 oktyabr o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun sifatida tarixga muxrlandi.

Aytish joizki, so’nggi ikki yil davomida til borasida yana bir muhim masala tilshunos olimlarning jiddiy muzokaralariga sabab bo’lmoqda. U ham bo’lsa lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga to’liq o’tish masalasidir. Bu qarashning tarafdorlari ham ko’pchilikni tashkil etmoqda. Lekin bu borada mukammal tizim va tadrijiy yo’nalish kerak. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga o’tish hukumat oldiga bir qancha zaruriy adabiyotlarni qayta nashrdan chiqarish, mubolag’a bo’lsa-da, ma'lum bir aholi qatlamini qayta o’qitish kabi jiddiy muammolarni ko’ndalang qilib qo’ymog’i ehtimoldan holi emas.

Dunyoda tillar ko’p, millatlar ham ko’p. Ayrim davlatlarning tili faqatgina so’zlashuv tilida mavjud bo’lsa, ayrimlari esa boshqa davlat tilini o’z tili sifatida qadrlashga majbur bo’ladi. Bu borada O’zbekiston ahli og’zaki va yozma nutqda ham o’z tilimizga ega davlat ekanligimiz bizni hamisha faxr va iftixor tuyg’ulari bilan yashashga undaydi.

Sohibjamol TONGOTAROVA,

Farg’ona viloyati hokimining maslahatchisi