Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’SHTEPADA “ISTE'MOLCHI KUTUBXONASI” OCHILDI

×

 2020-11-14 16:18:42    72

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “Iste'molchilar uyi” hamda “Iste'molchi kutubxonasi” loyihasi ishlab chiqilgan bo’lib, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ni hayotda izchil tatbiq etish maqsadida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qo’shtepa tumanida ham zamonaviy uslubda qurilgan, o’ziga xos innovatsion yechimga ega va 4 mingdan ortiq kitoblarga ega bo’lgan “Iste'molchi kutubxonasi” ning tantanali ochilishi bo’lib o’tdi. Mazkur binoda tashkil etilgan “Iste'molchi kutubxonasi” fondidan O’zbekiston Respublikasi qonunlari va iste'molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo’llanmalar, ma'rifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan qiziqarli va ijtimoiy-siyosiy gazeta-jurnallar o’rin olgan.

Bundan tashqari, iste'molchilarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida Federatsiya hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan 16 turdagi yuridik adabiyotlar turkumi ham taqdim etiladi. Ilk bora 100 ming donadan iborat elektron kitoblar bazasini ham shakllantirilib, o’quvchilar pandemiya sharoitida kitoblarni elektron formatda arzon narxda masofadan turib xarid qilishi mumkin.

Shu bilan birga, kutubxonada zamonaviy “Book cafe” va bepul Wifi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron o’quv qurilmasi ham o’rnatilgan.

Qolaversa, kutubxonaning bitta xonasida bog’cha yoshidagi bolalar uchun sharoit yaratilgan bo’lib, "Jajji iste'molchi" deb nomlanadigan ushbu xonada yosh bolasi bilan kelgan ota-onalarning 5-6 yoshgacha bolalari u yerda o’yinchoqlar va turli o’yinlar o’ynab vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari mumkin. Bu esa kutubxonaga farzandi bilan tashrif buyurgan ota yoki onaga kitob tanlash yoki kitobni shu yerda biroz mutolaa qilishiga sharoit yaratishni ko’zda tutadi. 

Bir so’z bilan aytganda, bu kabi maskanlar yosh avlodning ma'naviy tafakkurini boyitish uchun imkoniyatlar beshigi vazifasini o’taydi.

Qo’shtepa tumani “Iste'molchi kutubxonasi”ni ochilish marosimida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov, O’zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov, to’rtta sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Ochilish marosimida Qo’shtepa tumani hokimi Ilyos Novikov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi Ibroximjon Sultonov, Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov va boshqa mas'ul rahbarlar so’z olib, kitob va kitobxonlikning insonni har tomonlama kamol topishidagi o’rni va ahamiyati, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan mazkur sohaning rivojiga qaratilayotgan katta e'tibor, joylarda aholi, birinchi navbatda yoshlar o’rtasida kitob mutolaasini keng targ’ib qilish bo’yicha olib borilayotgan ishlar borasida gapirib o’tdilar.