Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“TEMURBEKLAR MAKTABI”NING QASAMYOD QABULI MAROSIMIDA 

×

 2020-11-16 17:56:51    91

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari jangovar qudratini yanada oshirishda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiylarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

      Armiya va harbiy ta'lim muassasalari o’zlikni anglash, milliy g’urur, mustahkam iroda maktabiga aylandi. Yosh askar va kursantlar uchun harbiy qasamyod qabul qilishdan avval O’zbekiston tarixi fani va “Temur tuzuklari” kitobi bo’yicha sinov o’tkazish an'anaga aylanib qolgan.

     Buyuk sarkarda Amir Temurning mardligi va vatanparvarligi, jasorati va adolatparvarligini yoshlarga o’rnak qilib ko’rsatish maqsadida mamlakatimizdagi barcha harbiy litseylarga “Temurbeklar maktabi” deb nom berilgan.

      Maktab yoshlarni Respublika Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy bilim yurtlari va boshqa o’quv muassasalariga aniq fanlarga chuqurlashtirilgan holda tayyorlashga ixtisoslashtirilganligi bilan ahamiyatga molikdir.

    

  O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Farg’ona «Temurbeklar maktabi» 1-bosqich o’quvchilarining “Tantanali va'da berish” marosimi bo’lib o’tdi.

      Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozarov ishtirok etib, tantanali marosim ishtirokchilarini yodda qolarli tantana bilan muborakbod etdi, ularni kelajakda yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi yo’lida kamarbasta bo’lguvchi yetuk mutaxassis kadrlar bo’lib yetishishiga ishonch bildirdi.

      Qasamyod qabulidan so’ng Farg’ona «Temurbeklar maktabi» o’quvchilarining qo’l jangi bo’yicha mahoratlari namoyish etildi.

      Shuningdek, marosim so’ngida viloyat madaniyat saroyining taniqli san'at ustalari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.

Farg’ona viloyati hokimligi.