
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
AZMI QAT'IY TADBIRKOR KO’PAYAVERSIN

2020-11-16 19:03:44 110
Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da viloyat hokimi Xayrullo Bozarovning tadbirkorlar bilan an'anaviy ochiq muloqoti o’tkazildi.
Har bir ishda tadbirli, aql – zakovatli bo’lish, halol kasb-hunar bilan shug’ullanish inson hayotini farovon etadi.
Bugun yurt, xalq koriga yarayman degan yuzlab tadbirkorlar bor. Bu albatta yaxshi. Lekin, ish boshida turgan, u yoki bu sabab oyoqqa tura olmayotgan fuqarolar ham yo’q emas. Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov tashabbusi bilan “Tadbirkorlar uyida” haftaning dushanba kuni ana shunday fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatidagi muammoli yechimlarni hal etish maqsadida yuzma yuz muloqot o’tkazilmoqda.

Shu kunga qadar viloyat, shahar va tumanlardagi “Tadbirkorlar uyi”ga jami 1243 ta tadbirkorlik sub'ektlaridan turli masalalar bo’yicha murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 617 tasi ya'ni 49 foizi ijobiy hal etildi, 313 tasi ya'ni 25 foiz tadbirkorga kerakli maslahatlar berildi. Shuningdek, 313 tasi ya'ni 25 foizi tegishli boshqarma va tashkilotlar tomonidan o’rganilib, ularning yechimi bo’yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar ko’rilmoqda.
Shundan viloyatga kelib tushgan jami 228 ta murojaatdan 116 tasi ya'ni 51 foizi ijobiy hal etildi, 57 tasi ya'ni 25 foizi tushuntirish berish orqali hal etilgan bo’lsa, 55 tasi ya'ni 24 foizi tegishli boshqarma va tashkilotlar tomonidan o’rganilmoqda.

Bu galgi viloyat hokimi bilan uchrashuvga 40 nafar tadbirkor va ishbilarmonlar tashrif buyurishdi.

Shu kuni viloyat hokimi bilan uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan yer maydoni ajratish, buzilgan bino inshootlari uchun kompensatsiya to’lab berish, imtiyozli kredit olish, qarzdorlikni undirish, aholiga kommunal xizmat ko’rsatish sohalaridagi muammo va kamchiliklar kabi 50 ga yaqin taklif va mulohazalar bildirildi.


Vatan manfaati, xalq farovonligi yo’lida o’zining mehnati, bilimi va tajribasi bilan turli sohalarda tadbirkorlik ishlarini olib borayotgan insofli, mehnatkash hamyurtlarimiz safi kengayishini istaymiz va ularga doimo ko’makka tayyor ekanligimizni bildiramiz, dedi viloyat hokimi Xayrullo Xayitbayevich uchrashuv yakunida.

Farg’ona viloyat hokimligi.