Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QISHKI AGROTEXNIK TADBIRLARNI ASLO KECHIKTIRIB BO’LMAYDI

×

 2020-11-19 14:19:14    62

PDF yuklash
Chop etish


Kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratishda yer sho’rini yuvish katta ahamiyatga ega. Kollektor-zovur tarmoqlarini ishchi holatga keltirgan holda sho’r yuvishning samarasi yuqori bo’lishligini yer egasi yaxshi biladi.

Shuning uchun ham sho’r yuvish va texnika tayyorgarligi mavsumi dehqonlar uchun mas'uliyatli palla. YErlarning sho’rini obdon yuvmasdan turib mo’l hosil olish ham mushkul. Shu maqsadda hududlarda bu muhim agrotexnik tadbirlarga bag’ishlangan reja asosida ko’rgazmali seminarlar tashkil etilmoqda.

Galdagi seminar viloyatning  Markaziy Farg’ona yerlarida joylashgan Yozyovon tumanining “Yaxshi niyat - 2019” fermer xo’jaligida, Toshloq  tumanidagi qishloq xo’jaligi texnikalari markaziy traktor parkida, Bag’dod tumanida “Abbos Bag’dod” nomli fermer xo’jaligida, Buvayda tumanining qishloq xo’jaligi markaziy traktor parkida  bo’lib o’tdi.

Seminarda viloyat hokimi Xayrullo Bozarov boshchiligida sektor rahbarlari, qishloq xo’jaligi mas'ul xodimlari, fermerlar, otryad a'zolari ishtirok etishdi.

Bu yil viloyat bo’yicha  mavjud 60 ming gektar maydonda pol olinib, sho’r yuvish ishlari olib boriladi. Viloyat rahbari ana shunday dolzarb vazifalar oldidan mavjud tumanlardagi otryad a'zolari, fermerlar bilan suhbatlashdi.

- Tuproq sho’rini yuvish katta ahamiyatga ega. Agar sho’rlangan yerlarning sho’ri o’z vaqtida yuvilmasa, o’rtacha sho’rlangan yerlarda hosilning 20-30 foizi, kuchli sho’rlangan yerlarda 30-60 foizi yo’qotiladi. Bunday maydonlarda yerlarning meliorativ holatini sho’r yuvish, zovur, kollektor-drenajlar ishlashi yaxshilamay turib, paxta va boshqa qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’ljaldagi hosilni yetishtirib bo’lmaydi. Bunday dolzarb vazifani uddalashda suvchi, mexanizator, qo’yingki barcha otryad a'zolarining mehnatiga suyanamiz, - dedi viloyat hokimi. Ularning mehnatlarini rag’batlantirish maqsadida 500 ming so’mdan pul mablag’lari topshirildi.

Seminar davomida viloyat rahbari tumanlardagi markaziy traktor parkida bo’lib,  sho’rlangan maydonlarda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar, qo’llaniladigan texnikalarning sozlik holati xususida mexanizatorlar bilan muloqotda bo’ldi va ularning har biriga pul mablag’larini topshirdi.

Qishki agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida, sifatli o’tkazishga qaratilgan amaliy seminarlar boshqa tumanlarda davom etmoqda.

Farg’ona viloyati hokimligi