Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


HAMKORLIK KO’LAMI YANADA KENGAYMOQDA

×

 2020-11-19 14:49:27    302

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston va Qirg’iziston respublikalari o’rtasidagi  hamkorlikni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ko’rishimiz mumkin. Bu har ikki tomon uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochyapti, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ayniqsa, o’tgan qisqa davr mobaynida Farg’ona va qo’shni mamlakat viloyatlari chegaraoldi hududlarida yaxshi qo’shnilik aloqalari yo’lga qo’yildi.

Farg’ona viloyati hokimining birinchi o’rinbosari Mirzohid Ubaydullayev Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da Qirg’iziston Respublikasi Norin viloyatining At-Bashi tumani hokimi Nurbek Satarov rahbarligidagi bir guruh mehmonlar bilan uchrashdi.

O’zbekistonning Qirg’izistondagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda Farg’ona tumani va At-Bashi tumani o’rtasida yaqin birodarlik aloqalarining o’rnatilishi, investitsiya loyihalar, turizm, eksprot va import masalari bo’yicha muzokaralar olib borildi.

- Farg’ona tumani va At-Bashi tumani o’rtasida yaqin birodarlik aloqalari o’rnatilishi har ikkala tomon uchun manfaatli, - dedi hokim o’rinbosari. - Jumladan, At-Bashi tumanida yetishtiriladigan kartoshka va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari, eng asosiysi, tirik chorva va go’sht mahsulotlarini to’g’ridan-to’g’ri Farg’ona tumaniga yetkazib berilishi mahalliy bozordagi narxlarni tushirish va bir me'yorda ushlab turish, viloyat aholisining kartoshka va go’shtga bo’lgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Ishonamanki, bu uchrashuv ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga va do’stona munosabatlarni mustahkamlashga hissa qo’shadi.

Ma'lumki, Qirg’iziston tog’li hududda joylashgan bo’lib, tog’ turizmi ham ancha rivojlangan. Uchrashuvda tog’ turizmi xususida ham fikrlar almashildi.

Ikki kunlik tashrif davomida At-Bashi tumani hokimligi hamda tadbirkorlik sub'ektlaridan iborat delegatsiya vakillari Farg’ona, Marg’ilon shaharlari, Farg’ona, Oltiariq, Rishton tumanlaridagi yangi loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Farg’ona viloyati hokimligi