Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TADBIRKOR FAOLIYATI DOIMO E'TIBORIMIZDA BO’LADI

×

 2020-11-23 17:32:31    95

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatda tadbirkorlar faoliyatini to’siqlarsiz amalga oshirilishini ta'minlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va albatta muqim ish o’rinlari yaratishga qaratilgan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov haftaning har dushanba kuni tadbirkorlik bilan shug’ullanish istagida bo’lgan fuqarolar shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida duch kelinayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida har bir murojaatchi bilan yuzma yuz muloqot o’tkazayotganidan xabaringiz bor.

Mazkur qabulning e'tiborli tomoni shundaki, tadbirkor viloyat rahbariga qaysi yo’nalishda murojaat etishidan qat'iy nazar, uning murojaati shu yerning o’zida hokimlikning tegishli mutasaddi idoralari rahbarlari tomonidan o’rganib chiqiladi. Shuningdek, davlat va hukumat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar, qonun hujjatlarida xususiy sektor vakillarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normalar, soliq, bojxona va ro’yxatdan o’tkazishdagi imtiyozlar, moliya-kredit masalalariga doir kerakli yo’riqnomalar  beriladi.

Shu kuni 25 nafar tadbirkorlarning 30 ga yaqin murojaatlariga  xalq ta'limi, qurilish, adliya, Biznes Ombudsman, kadastr, ekologiya, qishloq xo’jaligi boshqarmalari, markaziy va tijorat banklari tomonidan tegishli javoblar qaytarildi. 

- Xususiy tadbirkorlik viloyatimiz iqtisodiyotining asosiy richagi hisoblanadi, bugungi kunda mazkur sohani rivojlantirish, tadbirkor hamyurtlarimizni qo’llab-quvvatlash, ularning safini kengaytirish va ularning tashabbusi va xayrli ishlarini rag’batlantirish bizning doimiy e'tiborimiz va nazoratimizda bo’ladi, - dedi viloyat hokimi Xayrullo Bozarov.

Shu kunga qadar viloyat, shahar va tumanlardagi “Tadbirkorlar uyi”ga jami 1429 ta tadbirkorlik sub'ektlaridan turli masalalar bo’yicha murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 839 tasi ya'ni 59 foizi ijobiy hal etildi, 320 tasi ya'ni 22 foiz tadbirkorga kerakli maslahatlar berildi. Shuningdek, 270 tasi ya'ni 19 foizi tegishli boshqarma va tashkilotlar tomonidan o’rganilib, ularning yechimi bo’yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar ko’rilmoqda.

Shundan viloyatga kelib tushgan jami 270 ta murojaatdan 138 tasi ya'ni 51 foizi ijobiy hal etildi, 71 tasi ya'ni 26 foizi tushuntirish berish orqali hal etilgan bo’lsa, 61 tasi ya'ni 23 foizi tegishli boshqarma va tashkilotlar tomonidan o’rganilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarovning tadbirkorlar bilan an'anaviy qabuli Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da kelgusi haftaning dushanba kuni bo’lib o’tadi.   

Farg’ona viloyati hokimligi