Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“ISHGA MARHAMAT” MONOMARKAZI OCHILDI 

×

 2020-11-24 09:12:21    240

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida band bo’lmagan aholiga xizmat ko’rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazi o’z faoliyatini boshladi. Markazda fuqarolarni 16 ta kasb va chet tillarga o’qitish orqali mahalliy va xorijiy ish beruvchilarning talablariga mos ravishda malakali mutaxassislar tayyorlanadi. 

 Bugun aholi bandligini ta'minlash, mehnatga layoqatli fuqarolarning mehnat qilish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish ustuvor masalaga aylandi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 11 avgustda qabul qilingan “Kambag’al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o’qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo’lmoqda.

 Aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag’al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta'minlash maqsadida joylarda “Ishga marhamat” monomarkazlari tashkil etiladi. 

Farg’ona sanoat kasb-hunar kolleji negizida ish boshlagan mazkur markazda o’quv xonalari zarur jihozlar bilan to’liq ta'minlangan. Shuningdek, ushbu monomarkazning ikkinchi bosqichi uchun 8 mlrd miqdorida pul mablag’i ajratilib, 2021 yilning 1-choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bu kabi monomarkazlarning shahar va tumanlarda ham filiallari tashkil etilayapti.

 “Ishga marhamat” monomarkazning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozarov ishtirok etib, bu maskan fuqarolarni ish bilan ta'minlashda, ayniqsa, yoshlarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitishda o’ziga xos maktab bo’lishini alohida ta'kidladi.  

 - Xorijga ishga borayotgan aksariyat yurtdoshlarimizda biror kasb bo’yicha yetarli malaka yetishmasligi sababli ular qiyin holatga tushib qolishmoqda, - deydi viloyat rahbari. - Mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan kasblarni, shuningdek, xorijiy tillarni o’rganish kerak. Monomarkazda buning uchun barcha sharoitlar bor. E'tiborli jihati, tadbirkorlik qilish niyatida bo’lgan fuqarolarimizni har tomonlama qo’llab-quvvatlaymiz, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar ajratishga ko’maklashamiz. 

Bugungi kunda mazkur markazga 155 nafar fuqarolar jalb etilgan bo’lib, ularning 55 nafarini mehnat migrantlari tashkil etadi. 

Farg’ona viloyati hokimligi