Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“ANSOR” MAJMUASIDA: 100 GA YAQIN ISH O‘RNI YARATILDI

×

 2020-11-24 17:40:51    285

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirli kishining ezgu niyati va amali el-yurt koriga madadkor bo‘ladi, deyishadi. Haq gap. Bugun o‘z mehnati va salohiyati bilan davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan yurtdoshlarimiz safi ortib borayotgani quvonarlidir.
Tadbirkor O‘tkir Ahmedov Farg‘ona shahri markazida “Ansor” majmuasini qisqa fursat ichida qurib bitkazdi. Tadbirkorning o‘z mablag‘i hisobiga barpo etilgan 4 qavatli majmuada aholi uchun 45 ta turar-joy, 600 o‘rinli milliy taomlar markazi o‘z faoliyatini boshladi.


“Ansor” majmuasining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozarov ishtirok etib, bu maskan kelgusida obod va ko‘rkam maskan bo‘lishini aytib o‘tdi.
- Inson o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtiga, mahallasiga mehr-muhabbatli bo‘lsa, har bir boyligini u qadriyat yoki moddiy boylik bo‘ladimi asrab-avaylasa o‘sha yerda rivojlanish va fayz baraka bo‘ladi. Biz tadbirkorga yer berdik. Tadbirkor esa imkoniyatdan foydalanib, shunday muhtasham majmuani o‘z mablag‘i evaziga qurib bitkazdi, - dedi viloyat rahbari o‘z so‘zi davomida.


Ushbu binoning qurilish ishlariga 25 mlrd.so‘m mablag‘ sarflandi. Natija quvonarli. Zamonaviy ko‘rinishdagi majmuada 100 ga yaqin yoshlar ish o‘rniga ega bo‘lishdi.
Tantanali ochilish marosimida ishtirokchilar “Ansor” milliy taomlar markazida xo‘randalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.



Farg‘ona viloyati hokimligi