Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MAHALLIY TADBIRKORLAR HAMDA CHET EL INVESTORLARI DIQQATIGA !

×

 2020-11-25 17:59:43    96

PDF yuklash
Chop etish


   Siz uchun Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan So’x tumanida aniqlangan noruda foydali qazilmalar (istiqbolli konlar) taklif etiladi.

   Mazkur zaxiradagi konlardan mahalliy tadbirkorlar hamda chet el investorlari quyidagi yo’nalishlardagi ishlab chiqarishlarni tashkil etishda foydalanishlari mumkin:

1. Dolomit – Gips qurilish materiallarini ishlab chiqarishda;

2. Bentonitli gil loyi - burg’ulash ishlarida suyuqlik sifatida va qumoq yerlarini meliolashtirish uchun mineral o’g’it sifatida;

3. Travertin chig’anoqli ohaktosh – qurilishda pardozlash ishlarida;

4. Paligarsit gil loyi – o’simlik yog’i ishlab chiqarish korxonalarida paxta yog’larini filtrlashda;

5. Qum-shag’al aralashmasi- qurilish ishlarida;

6. Qo’ng’ir ko’mir-yoqilg’i sifatida.

   Ushbu konlarni o’zlashtirish va yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish istagida bo’lgan biznes sub'ektlari loyiha takliflari bilan Farg’ona viloyati hokimligiga murojaat qilishlari mumkin. Eng istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga ko’mak beriladi.

   Shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlari So’x tumanida joylashgan quyidagi uchastkalarda “Geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun” Litsenziya olishlari mumkin:

1. So’x tumani Tul qishlog’i, Ravan qurilish tosh konining shimolida joylashgan slanets tog’ jinsi qatlamida:

- kul rangli va yashil rangli boksit rudasi namoyanlari hamda serpintinit tog’ jinslari namoyanlarini aniqlash - Qurilish pardozlash materiali.

2. Tul va Qalacha qishloqlarining g’arbiy qismida:

- ohaktosh -qurilish materiali sifatida;

- polmikt kvarts qumi - gazobeton ishlab chiqarish uchun;

- qizil gil - mineral pigment uchun;

- oxra - bo’yoq (kraska) ishlab chiqarish uchun va tsement mahsuloti uchun alyuminli temir qo’shimchasi sifatida ishlatiladi.

  

Murojaat uchun telefonlar: (73) 244-07-59, 244-05-73.

Farg’ona viloyati hokimligi.