Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XAYRULLO BOZAROV UYMA-UY YURIB FUQAROLAR BILAN MULOQOT O’TKAZDI

×

 2020-12-23 16:11:26    108

PDF yuklash
Chop etish


Ma'lumki, viloyatning barcha sohalarida rivojlanishni yanada yaxshilash, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishda manzilli ishlarni amalga oshirish maqsadida dastavval Marg’ilon shahrida o’rganishlar olib borilgandi. Ana shunday jarayon hozirda Qo’qon shahrida davom etmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov shaharda olib borilayotgan jarayonlarni ko’rish maqsadida Qo’qon shahriga tashrif buyurdi.

Viloyat rahbari dastlab shahar hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi yotoqxonasida istiqomat qiluvchi aholi turmush tarzi bilan tanishdi, ularni oilaviy sharoitlari bilan qiziqdi, fuqarolarning muqim ish o’rni bilan ta'minlash borasida topshiriqlar berdi. Viloyat hokimligi Ishchi guruhining tavsiyasiga binoan ayni damda binoda ta'mirlash ishlari olib borilyapti. 

Shundan so’ng, viloyat hokimi shahardagi Navbahor ko’chasida joylashgan Ko’zi ojizlar jamiyatiga qarashli ishlab chiqarish korxonasida bo’ldi. 

Korxona binosining bugungi holati qoniqarsiz holatda. Binoning atigi bir qismida karton ishlab chiqarish tsexi faoliyat yurityapti. Viloyat rahbari tomonidan binodan samarali foydalanish, tadbirkorlik sub'ektlarini jalb etish borasida takliflar bildirildi.

Shahardagi “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig’inida 3-sektor hududini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va turmush darajasini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, huquqbuzarlikni oldini olish bo’yicha shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ishchi guruhining shtabi faoliyat yuritadi.

Viloyat hokimi shtab faoliyati bilan tanishar ekan, uning ish tartibidan tortib, hudud aholisi uchun qulay bo’lgan joyda faoliyat olib borishi maqsadga muvofiqligini aytib o’tdi.

Ayni shu hududda shahar “Suvoqava” DUK ga qarashli maydondan oqilona foydalanish maqsadida tikuvchilik tsexi tashkil etish, natijada 200 nafar mahalla xotin-qizlarini ish bilan ta'minlash imkoniyati yaratilishi haqida taklif bildirdi.

Shu kuni viloyat rahbari shahardagi 4 ta sektor rahbarlarining hududlaridagi ehtiyojmand xonadonlarga borib, oila vakillari bilan uchrashdi. Ularning muammolarini birma-bir tingladi. Shu joyning o’zida fuqarolarning har bir murojaati yuzasidan sektor rahbarlariga kerakli vazifalarni belgilab berdi.

Viloyat rahbarining uyma-uy yurib, xalq bilan yuzma-yuz muloqotda bo’lganligi aholida katta ishonch tuyg’usini uyg’otdi, mahalladagi keksayu yosh viloyat hokimining kelgusi ishlariga omad tilab, duoda bo’lishdi.

Farg’ona viloyati hokimligi