Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YANA BIR KICHIK SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI 

×

 2020-12-23 16:17:06    163

PDF yuklash
Chop etish


Bugun aholi soni ortib boryapti. Bu albatta quvonarli hol. Oila farovonlini ta'minlash, ro’zg’orning butligi albatta mablag’ga bog’liq. Bu borada aholini muqim ish o’rni bilan ta'minlash katta ahamiyatga ega. 

Farg’ona viloyati hokimligi mavjud resurs va imkoniyatlardan foydalangan holda O’zbekiston tumanidagi “Mingtut” MFY hududida 90 gektar maydonda “Mingtut” kichik sanoat zonasi, 140 gektar maydonda "Qo’qon" kichik sanoat zonasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan edi. Kelgusida O’zbekiston tumani va unga chegaradosh Qo’qon shahri tadbirkorlarining sa'y harakatlari bilan yuzlab ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritadi, hudud aholisi ishli bo’ladi. Ichki va tashqi bozor uchun sanoat mahsulotlarining turi ko’payadi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov ikki chegaradosh tuman va shahar hududida tashkil etilayotgan sanoat zonasida bo’lib, 63 nafar tadbirkorlik sub'ektlarining istiqbolli biznes loyihalari bilan tanishdi, o’z fikr-mulohazalarini bildirdi va ularning kelgusidagi ishlariga omad tiladi.

- Pandemiya sharoitida iqtisodiyotni barqaror o’sishini ta'minlash, yangi loyihalarni amaliyotga tadbiq etishda investitsiyalar hajmini oshirishning eng to’g’ri yo’li bu – mahalliy tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashdan iborat. Ijro hokimiyati vakillari har bir tadbirkor bilan yelkama-elka turib ishlashga, hamkor va ko’makchi bo’lishga tayyorligimizni bilishingizni istardim, dedi viloyat hokimi o’z so’zi yakunida.

Ta'kidlanishicha, “Mingtut” mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasida 203 milliard so’mlik ja'mi 57 ta loyiha amaliyotga tadbiq etiladi. Dastlabki loyihalarga ko’ra ja'mi 1800 dan ziyod ishchi o’rni yaratiladi. Ayni damda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan loyihalar taqdimoti davom etmoqda. 

Farg’ona viloyati hokimligi