Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FAQAT YAXSHI KUNLAR, TO’YLAR BO’LSIN: YANGI YIL ARAFASIDA 24 TA YOSH OILA UYLI BO’LDI

×

 2020-12-23 16:26:15    114

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizga yangi yil shukuhi kirib keldi. Pandemiya sharoitida aholining kayfiyatini yanada yaxshilash, ularga ko’tarinki ruh baxshida etish maqsadida shahar markazlari favvora chiroqlar bilan ertaklar shahriga aylantirilmoqda.

Farg’ona shahridagi 24 ta yosh oila a'zolari uchun yangi yil bayrami qo’shaloq tantana bilan keldi.

“Far stroy group” xususiy korxonasi quruvchi-ustalari tomonidan qurilgan shinam va zamonaviy 48 xonadondan iborat “Yoshlar uyi” bugun o’z egalariga topshirildi.

“Yoshlar uyi”ning qurilish-obodonlashtirish ishlari uchun qariyb 4,5 milliard so’m mablag’ sarf etildi. Xonadonlar tabiiy gaz, elektr energiyasi, toza ichimlik suvi, kanalizatsiya, telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlangan.

Xonadon kalitlarini o’z egalariga topshirish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozarov, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar va ularning ota-onalari, keksa otaxon va onaxonlar ishtirok etishdi.

- Mamlakatimizda yoshlarga barcha imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilgan. Bu albatta yoshlarimizga davlatimiz rahbarining otalarcha g’amxo’rligi ifodasidir, - dedi viloyat hokimi. - Sizlardan umidimiz katta. Yurt taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, tinch va osoyishta hayotimizni asrashda kamarbasta bo’lasizlar, albatta. Yangi uylar barchangizga buyursin! Faqat yaxshi kunlar, to’ylar bo’lsin!

Shundan so’ng milliy an'anaga ko’ra mahalla nuroniylar va mehmonlar xonadonlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, ezgu niyatlar bilan duoda bo’lishdi.

Shu o’rinda aytish joizki, “Yoshlar uylari” yoshlarga imtiyozli ipoteka krediti asosida berildi. Ularni moddiy qo’llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ittifoqi tomonidan dastlabki boshlang’ich to’lovning 65 foizi moliyalashtirib berildi.

- Sportning kurash turi bo’yicha murabbiyman, ikki nafar farzandim bor. Sportda erishgan yutuqlarim bois “Yoshlar uyi”dan menga ham nasib etdi, - deydi kurash bo’yicha O’zbekiston chempioni Abror Burxonov. - Uy yangi yilga munosib tuhfa va baxtli kunlarimizning debochasi bo’ldi. Bayram arafasida yangi uyga ko’chib o’tayotganimizdan behad shodmiz.

Farg’ona viloyati hokimligi