
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MEHNATGA RAG’BAT ALBATTA BO’LADI

2020-12-25 10:43:01 157
Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov belgilangan reja asosida viloyatimizning barcha tumanlarida bo’lib, kelgusi yilda qishloq xo’jaligi ekin-tekin mavsumida ishtirok etadigan texnikalar sozligi va holatini ko’rikdan o’tkazmoqda.

Viloyat rahbari hududlardagi markaziy mashina traktor parklarida mexanizator va fermer xo’jaligi a'zolari bilan uchrashib, mavsum oldida turgan dolzarb vazifalar haqida fikr va mulohazalarini bildirmoqda.

- Qishloq xo’jaligida, xususan paxtachilikda mexanizatsiya ishlarining ahamiyati juda katta, paxtani texnika pishiradi, deydi mirishkor dehqonlarimiz. Texnikaning barcha turlarini ta'mirlashda eng avvalo sifatga e'tibor berish kerak, bejiz xalqimiz ish quroling soz bo’lsa, mashaqqating oz bo’lur deb aytmagan. Kelgusi mavsum davomida agrotexnik tadbirlarni o’z muddatida va sifatli bajarish bilan birga, mexanizatorlar mehnati munosib rag’batlantirilib boriladi, dedi viloyat rahbari.




Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov ana shunday uchrashuvlarda mavsum davomida samarali mehnat qilgan yuzlab mexanizatorlarga yangi yil bayrami oldidan qimmatbaxo sovg’alar hamda pul mukofotlarini topshirmoqda.
Farg’ona viloyati hokimligi