Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ENG CHEKKA HUDUDDA HAM SANOAT SALOHIYATI YUKSALADI

×

 2020-12-28 16:49:13    132

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona tumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga sharoit yaratish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shu orqali yangi ish o’rinlari yaratishga katta ahamiyat berilyapti

Yangi yil bayrami arafasida tumanning Qirg’iziston Respublikasiga chegaradosh Log’on mahallasida “Bahodir Log’on tekstil” qo’shma korxonasining ochilishi fikrimiz isboti bo’lishi mumkin.

Yangi korxonada bugun 450 nafar aholi o’zining ilk mehnat faoliyatini boshladi.

Korxonaning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozarov ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar eng chekka hududlarda ham sanoat salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta'kidladi.

Shundan so’ng viloyat rahbari yangi korxonaning imkoniyatlari va ishchi xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 62 million dollar sarmoya kiritilgan korxonada ip-kalava ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Xitoy, Turkiya, Rossiya kabi xorijiy davlatlarga eksport qilinadi.

Korxonada bir yilda 18 ming tonna kalava ip ishlab chiqarilish imkoniyatiga ega. Paxta xom ashyosi klaster tarkibidagi Farg’ona, Quva, Yozyovon tumanlaridagi fermer xo’jaliklaridan keltiriladi.

Shuningdek, viloyat hokimi hududdagi “Vodiy shoes” MChJ qo’shma korxonasi faoliyatini ham ko’zdan kechirdi.

Qo’shma korxonada erkak va ayollar, bolalar uchun bejirim va sifatli poyabzallar ishlab chiqariladi. Mahsulotlar asosan mahalliy xom ashyodan tayyorlanadi. Bu yerda 150 nafar mahalliy yoshlar ish bilan ta'minlangan. Bir kunda 2,5 ming juft poyabzal iste'mol bozoriga chiqariladi.

Viloyat rahbari korxonalar faoliyati, kelgusidagi rejalar, yangi loyihalar bilan yaqindan tanishar ekan, yirik korxonalarning sanoat salohiyatidan yanada kengroq foydalanish, eksportni ko’paytirish bo’yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.

Tadbir so’nggida viloyatda eng ilg’or klasterlar safidan o’rin olgan “Fergana oseana teks” klasteri mehnat jamoasiga paxta yig’im terimida faol ishtirok etganligi va shartnoma rejasini ortig’i bilan bajarganligi uchun qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Farg’ona viloyati hokimligi