Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZAROV FARG’ONA VILOYATI YOSHLARI FORUMIDA ISHTIROK ETDI

×

 2020-12-28 16:54:50    171

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, ularning mustaqil hayotga dadil qadam qo’yishlariga sharoit yaratish, yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, zamonaviy axborot texnologiyalari savodxonligini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish kabi dolzarb vazifalarni o’z ichiga olgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida butun respublikamiz bo’ylab 18-25 dekabr kunlari “Yoshlar festivali” o’tkazildi.

Farg’ona shahar San'at saroyida yoshlar festivalining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi. 

Unda viloyatimizning tashabbuskor va faol, iqtidorli va iste'dodli, tadbirkor va zukko yoshlari ishtirok etishdi.  

Forumni Yoshlar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig’i Muhammadamin G’aniyev kirish so’zi bilan ochib, so’zni viloyat hokimi Xayrullo Bozarovga berdi.  

Viloyat hokimi o’z navbatida yoshlarni mamlakatimizda ilk bor o’tkazilayotgan yoshlar anjumani bilan samimiy muborakbod etdi.  

- Bugun siz jamiyatimizning oltin zaxirasi bo’lgan yoshlar bilan tarixiy sanada ko’rishib turganimdan bag’oyat xursandman. Bugun biror bir soha yo’qki, islohot kirib bormagan bo’lsin. Shu o’rinda, eng katta e'tibor yoshlar masalasiga qaratilayotganligini e'tirof etish kerak. Ilk bor yoshlar to’g’risidagi Qonunning qabul qilinishi, o’tgan 4 yil davomida 70 ga yaqin qaror va farmoyishlarning hayotga tadbiq etilishi fikrimiz isbotidir.

Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev videoselektor tarzida o’tkazilgan “O’zbekiston Yoshlari forumi”ning 30 mingdan ortiq ishtirokchilariga qarata “Sizlarni O’zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman.Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo’l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g’ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz” deya murojaat qildi.

Darhaqiqat, yangi 2021 yildan mamlakatimizda, shu jumladan viloyatimizda Uchinchi Renessans poydevori yaratiladi. Prezidentimizning tashabbuslari bilan viloyatimizda yoshlar vakillari bilan doimiy muloqotlar o’tkazish yo’lga qo’yildi, ularning muammo va tashvishlariga e'tibor qaratilmoqda, zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilyapti.

Bundan buyon ham yoshlar siyosati kompaniya uchun emas, balki doimiy kundalik vazifamizga aylanadi. Dunyoni lol qoldirgan buyuk allomalarimizning munosib bardavomchilari bo’lgan siz yoshlardan umidimiz katta. Shuni quvonch bilan aytishim mumkinki, viloyatimiz aholisining qariyb 60 foizini 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etadi.

2021 yil – Farg’ona yoshlari yili bo’lishi uchun barchamiz birdam va hamfikr, yelkama-elka turib faoliyat olib borishimiz kerak.

Birinchi o’rinda, xalqimizni rozi qilish, ularga osoyishta va farovon hayotni tuhfa etish uchun kichik sanoat zonalari tashkil etiladi. Yangi yilda 50 ta ana shunday KSZ tashkil etilib, 19,6 trln. so’mlik qurilish, hunarmandchilik, har bir oila tadbirkor loyihalari uchun sarf etiladi. Natijada 75 mingta yangi ish o’rni yaratilishini maqsad qilganmiz. Iqtisodiyotimizga 500 mln. dollar mikdorida xorijiy investitsiya kiritishni rejalashtirayapmiz.

Ikkinchidan, fan va ta'limga yo’nalishidagi islohotlar natijasida maktab faoliyatining mazmuni va sifati tubdan o’zgartiriladi.

Uchinchidan, yoshlarga biror bir hunarni o’rgatish bilan birgalikda xorijiy tillarga o’qitiladi. Zero til bilgan, hunar egasi bo’lgan inson hech qachon hayotda qoqilmaydi. 

Shuningdek, yoshlar tarbiyasiga hayot momot sifatida yondashamiz. Tarbiya sharqona qadriyatlarimizning gultojisi bo’lgan. Mehr-oqibat, ahloq qoidalarimizni mustahkamlasak hech kim, hech qanday kuch bizni yenga olmaydi.

Madaniy va ma'rifiy sohadagi ishlarimizni yanada kuchaytirish maqsadida “O’zbekiston Yoshlari forumi”ga maqom, estrada va opera yo’nalishida yosh ijrochi xonandalari o’rtasida “Vodiy ovozi” ko’rik-tanlovi hamda “Yosh hunarmandlar” festivalini o’tkazish taklifi bilan chiqdik va bu Prezidentimiz tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

Bir so’z bilan aytganda, ilm-fan, madaniyat va san'at, adabiyot, sport sohalarini rivojlantirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarning, ayniqsa, qizlarimizning iste'dod va qobiliyatini ro’yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan bu ishlarning barchasi Uchinchi Renessans - milliy taraqqiyotimizning yangi davri poydevorini yaratishga xizmat qilishi shubhasiz.

Viloyat rahbari viloyat yoshlariga murojaatini davlatimiz rahbarining “Ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya ham vaqtingiz bekor o’tmasin! Yoshlik – umrning eng bebaho davri ekanini, ilm, bilim – o’tda yonmaydigan, suvda cho’kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan beqiyos boylik ekanini aslo unutmang, degan so’zlari bilan yakunlab, barchaga omad tiladi. Yangi yil qutlug’ va barakali bo’lishini, kelayotgan yilimiz “Farg’ona yoshlari yili” bo’lishini tiladi.

Shundan so’ng, viloyatning bir guruh eng faol va tashabbuskor yoshlariga viloyat hokimligining Tashakkurnoma va qimmatbaho sovg’alari topshirildi.

Yoshlar Forumi so’nggida viloyatning taniqli san'atkorlari va yosh iste'dodlari ishtirokida bayram dasturi namoyish etildi.

Farg’ona viloyati hokimligi