
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
YUKSAK UNVON MUBORAK BO’LSIN!

2020-12-28 16:57:33 118

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to’qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlangan edilar.
Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko’p yillik samarali mehnati, xalqimiz farovonligini oshirishga qo’shgan munosib hissasi, xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, ilg’or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish, qulay investitsiya muhitini yaratish va eksport salohiyatini oshirish, hududlar infratuzilmasini takomillashtirish, shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o’zgartirish yo’lidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda millatlararo do’stlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlaridagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun taqdirlanganlar orasida Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Xayitbayevich Bozarov ham bor.
«O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan iqtisodchi» faxriy unvoniga sazovor bo’lgan viloyatimiz rahbari Xayrullo Xayitbayevichni bu yuksak unvon bilan muborakbod etamiz.