Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


DAVLAT MUKOFOTLARI TOPSHIRILDI

×

 2020-12-29 15:14:06    158

PDF yuklash
Chop etish


Yakunlanib borayotgan joriy yilda pandemiya keltirgan qiyin vaziyatga qaramasdan yurtimizdla bunyodkorlik ishlari to’xtab qolmadi. Yurt rivoji, xalq farovonligini ta'minlashga qaratilgan islohotlar yanada jadallashdi. Davlat va xalqning birdamligi, jipsligi ulkan bunyodkorlik ishlariga qodir ekanligi yana bir bor namoyon bo’ldi.

Mamlakatimiz Prezidentining Farmoniga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi arafasida el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashish, koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etishda o’z burchiga sodiq qolib, mardlik va jasorat namunasini ko’rsatgani, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish borasidagi ko’p yillik samarali mehnati, xalqimiz farovonligini oshirishga qo’shgan munosib hissasi uchun bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari - faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Ular qatorida viloyatimizdan ham turli soha vakillari, faxriylar va yoshlar bor.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi binosida ana shu yuksak mukofotlarni o’z egalariga topshirish marosimi o’tkazildi.

Unda Oliy Majlis Senati a'zolari, Xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatlari, viloyat sektor mudirlari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Marosimda yuksak davlat mukofotlarini Prezidentimiz nomidan viloyat hokimi Xayrullo Bozarov topshirdi.

- Koronavirus pandemiyasi dunyoni jiddiy xavotir va tahlikaga solgan yilda jonajon Vatanimizda belgilangan reja va maqsadlarga erishish yo’lida olib borilgan ta'sirchan choralar o’z samarasini berdi, - deydi viloyat rahbari. – Muhtaram Prezidentimizning bevosita rahbarliklari va ko’rsatgan yo’l yo’riqlar og’ir sinovlarni yengib o’tishda dasturi amal bo’ldi, iqtisodiyotimizning o’sish suratlari saqlab qolindi. Xalqimizning salomatligini asrash, turmush darajasini yaxshilash uchun salmoqli ishlar bajarildi. Birgina viloyatimizdagi yutuqlar buni yaqqol ko’rsatib turibdi. Qanday og’ir bo’lmasin, sinovli kunlarda barcha soha vakillari fidoiylik bilan mehnat qildi, yurtimiz ravnaqi uchun hissa qo’shdi. Bir guruh yurtdoshlarimizning davlat mukofotlari bilan taqdirlangani har qanday vaziyatda inson qadri, mehnati ulug’ ekanligidan dalolatdir. Halol mehnat bilan mana shunday yuksak qadr topish, elu yurtimiz ardog’ida bo’lish barchamizga nasib etsin. Vatanimizning yuksak mukofotlari muborak bo’lsin!

Taqdirlanganlar nomidan so’zga chiqqanlar davlatimizning ushbu yuksak mukofotlari ularga yanada kuch-g’ayrat bag’ishlashini, Yangi O’zbekistonning taraqqiyoti yo’lida yangi marralarni egallashga undashini ta'kidladi, yuksak e'tibori va g’amxo’rligi uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirishdi. 

Barcha davlat mukofotlariga sazovor bo’lgan hamyurtlarimizga yuksak e'tirof muborak va bardavom bo’lsin!

Shu kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozarov viloyat sektor rahbarlari hamroxligida Oltiariq tumani, Mustaqillik mahallasida istiqomat qiluvchi 100 yoshli tabarruk onaxon Salimaxon aya Yusupova xonadoniga tashrif buyurib, ularni yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etdi va Prezidentimizning yuksak ehtiromi va mukofoti “Shuhrat” medalini topshirdi. 

Marg’ilon shahar musiqali maqom teatri artisti marhum Kimsanboy Sobirov vafotidan avval betakror iste'dodi va ilmiy salohiyati munosib baholanib “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlangandi. Viloyat rahbari taniqli san'atkorning xonadonida bo’lib, ularning turmush o’rtog’i Nasibaxon Sobirovaga davlat mukofotini topshirdi va oila-a'zolariga tinchlik-xotirjamlik tiladi. 

Farg’ona viloyati hokimligi