
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MEHR VA E'TIBORNING IFODASI

2020-12-30 16:55:55 124
Viloyatimizda Yangi yil bayrami arafasida aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ehtiyojmand va muhtoj oilalarga ko’mak berish maqsadida saxovat tadbirlari bo’lib o’tmoqda.
Saxovatpeshalik xalqimizga xos fazilat. Shuning uchun azal-azaldan xalqimiz bir-birlaridan xabar olgan. Qiynalgan oilalarga qo’lidan kelgancha yordamlarini muntazam ko’rsatib kelgan.
Yangi yil oldidan o’tkazilayotgan xayrli tadbirlar mehr va e'tiborga muhtoj kishilarga quvonch ulashmoqda. Shukronalik bilan qilingan duolardan ham buni yaqqol bilsa bo’ladi.
Farg’ona shahridagi “Saxovat” keksa va nogironlar internati uyida bo’lib o’tgan bayram tadbirida bu yerda yashovchi fuqarolarga alohida ehtirom ko’rsatildi.
Viloyat hokimi o’rinbosari Fayzullo Qosimov barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan qutlab, bayram sovg’alarini topshirdi.
Dasturxon yozilib, bir piyola choy ustida Yangi yil tilaklari bildirildi. San'atkorlarning kuy-qo’shiqlari bayramga fayz kiritdi.








Farg’ona viloyati hokimligi