
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
“PREZIDENT ARCHASI” BAYRAMI BOLAJONLARGA QUVONCH ULASHDI

2020-12-30 17:15:26 130
Viloyatimizda yangi yil bayrami oldidan mamlakat Prezidentining bolajonlar uchun tayyorlangan sovg’alari o’z egalariga topshirilmoqda.
Yangi yilni barcha o’zgacha intiqlik bilan kutadi. Bu bayramda bolajonlar quvonchiga sherik bo’lish, sovg’a-salomlar ulashish yaxshi odatga aylangan.
Viloyatimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo’lida qurbon bo’lgan bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga 877 dona “Prezident sovg’asi” yetkazildi.
Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi Teatr-kontsert saroyida bo’lib o’tgan “Prezident archasi” bayram tadbiri bolajonlarga bir olam quvonch ulashdi. Mazkur tadbirga Qo’qon va Marg’ilon shahridagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari taklif etildi. Karantin qoidalariga qat'iy rioya etilgan holda o’tkazilgan bayram barchada katta taassurot qoldirdi.
Viloyat hokimi o’rinbosari Fayzullo Qosimov bayram ishtirokchilarini Yangi yil bilan tabriklab, Prezident sovg’alarini bolajonlarga topshirdi.
Bezatilgan archa atrofida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi.










*** *** ***
Shu kuni Farg’ona shahridagi Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun tashkil etilgan Yangi yil bayram tadbiri ham katta shodiyonaga aylandi. Bolajonlarning she'r va qo’shiqlari barchaga bir olam zavqu shavq ulashdi.
Bolajonlarga viloyat hokimligi, jamoatchilik vakillari tomonidan Prezident sovg’alari ulashildi.










Farg’ona viloyati hokimligi